30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:05
Fan va taʼlim 👁 5,258

Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchilari katta yutuqlarga erishmoqda

Tumandagi Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida turli  yoʻnalishlar boʻyicha yoshlarga kasb va hunar oʻrgatilmoqda. Kollejda oʻquvchilarning qiziqqan hunarlari boʻyicha oʻqib-oʻrganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Oʻz navbatida oʻquvchilar ham yutuqlari bilan kollej nomini mamlakat miqyosida tanitmoqda.

Kollejning oshpazlik yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchilari yaqinda Moʻynoq tumanida oʻtkazilgan "Orol baliqlaridan 99 turli taomlar” gastronomik festivalida ishtirok etishga muvaffaq boʻldilar. Moʻynoq tumanining "Madeli” ovulidagi "Koʻksuv” koʻli boʻyida oʻtkazilgan gastronomik festivalda kollejning oshpazlik yoʻnalishida hunar oʻrganayotgan J.Fayzullayeva, R.Rustamov, X.Davlatboyeva, Sh.Qurbonboyeva hamda Oʻ.Qurbonovalar oʻzlarining baliqlardan tayyorlagan har xil taomlarini namoyish qildilar. Kollejning ishlab chiqarish taʼlimi ustasi R.Boltaboyevadan oshpazlik mahoratini oʻrgangan oʻquvchilar oʻzlari tayyorlagan taomlari bilan festivalda ishtirok etgan barcha kollejlar oʻrtasida 1-oʻringa, Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida esa 3-oʻringa loyiq deb topildi. Gʻolib boʻlgan kollej oʻquvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Oshpazlar oʻquv departamenti boshligʻi, texnika fanlari nomzodi H.Nazarov qimmatbaho sovgʻa taqdim etdi.

– Bu bizni juda ruhlantirdi, – deydi quvonch bilan kollejning kasbiy taʼlim ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Sh.Matirzayev. – Shu ruh bilan navbatdagi tanlovga ham qattiq tayyorgarlik koʻrdik. Mazkur tanlov kasb mahorati boʻyicha kollejlar oʻrtasida "Tikuv va tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi” va "Keng assortimentdagi kiyimlar modeler-konstruktori” yoʻnalishlari oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilishi eʼlon qilingan edi. Dizayner va tikuvchi qizlarimiz oʻzlariga ishonch bilan tumandagi kollejlar oʻrtasidagi tanlovda ishtirok etishdi hamda 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

"Milliy, etnografik va badiiy liboslar dizayneri” kasb mahorati koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi bosqichi Nukus shahridagi Nukus politexnika kollejida boʻlib oʻtdi. Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻquvchilari L.Xalillayeva, E.Tleuboyeva hamda S.Qodirovalar bu koʻrik-tanlovda milliy dizayn asosida folklor, eklektika va kantri uslublarida yaratgan 10 turdagi liboslari bilan ishtirok etdilar hamda Respublikadagi barcha kollejlar oʻquvchilari oʻrtasida 1-oʻrinni egalladilar.

– Oʻquvchilarimiz koʻrik-tanlovning Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi bosqichida ishtirok etishga muvaffaq boʻldilar. Turli viloyatlardagi kollejlarning tikuvchi va dizayner yoʻnalishi  oʻquvchilari ishtirok etgan tanlovda bizning  oʻquvchilarimiz ham oʻz mahoratlarini namoyish etdilar. Koʻrik-tanlovda oʻquvchimiz L.Xalillayeva  «Eng yaxshi badiiy libos» nominatsiyasi gʻolibi deb topildi va sertifikat bilan taqdirlandi, – deydi faxr bilan kollejning ishlab chiqarish taʼlimi ustasi S.Mingboyeva.


Yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan kollej oʻquvchilarining intilishlari turli yutuqlarda namoyon boʻlmoqda.

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026