FUQAROLIK JAMIYaTI VA EKOLOGIK NAZORAT
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq atrof-muhitni, ona tabiatimizni köz qoraçiğidek asraş, uni bus-butun holiça kelajak avlodga bekamu köst yetkaziş masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi işlar mustahkam huquqiy asoslarga ega. Xususan, Konstitutsiyamizda ham yer, yer osti boyliklari, suv, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda boşqa tabiiy zahiralar umummilliy boylik, ulardan oqilona foydalaniş zarur va ular davlat muhofazasida ekanligi belgilab qöyilgan.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş kontseptsiyasida ham mazkur yönalişga alohida töxtalib, "Ekologik nazorat töğrisida”gi qonunni qabul qiliş lozimligini körsatib ötgan edi.
Maʼlumki, joriy yilning 4-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan kiritilgan "Ekologik nazorat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Qonun loyihasi joriy yilning 13 iyul kuni matbuotda eʼlon qilindi va ayni kunlarda uning keng muhokamasi ötkazilmoqda.
Qonun loyihasida "ekologik nazorat” tuşunçasiga "tabiatni muhofaza qilişga doir qonun hujjatlari talablarining buzilişining oldini oliş, aniqlaş va bartaraf etişga, tabiatni muhofaza qiliş faoliyati samaradorligini oşirişga va ekologik nazorat subʼektlarining atrof muhitni muhofaza qiliş maqsadlarida, atrof muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va takror köpaytiriş sohasidagi davlat dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etişlariga qaratilgan çoralar tizimi” deya taʼrif berilgan.
Ekologik nazoratning turlari esa davlat ekologik nazorati, idoraviy ekologik nazorat, işlab çiqariş ekologik nazorati, jamoatçilik ekologik nazoratidan iborat.
Qonun loyihasida ekologik nazoratga olinişi lozim bölgan obʼektlar, ekologik nazoratni amalga oşiruvçi subʼektlar körsatib ötilgan. Şuningdek, qonun loyihasida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolar yiğinlarining vakolatlari aniq belgilangan holda, ekologik nazoratni tartibga soliş va boşqariş mexanizmi batafsil yoritilgan. Qolaversa, ekologik nazoratning barça turlarini amalga oşiruvçi şaxslarning huquq va majburiyatlari aniq körsatib ötilgan.
Jamoatçilik ekologik nazorati — fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar tomonidan amalga oşiriladigan ekologik nazorat turidir. Şunisi eʼtiborliki, jamoatçilik ekologik nazoratini amalga oşiriş sohasidagi faoliyatni muvofiqlaştiriş huquqi Özbekiston ekologik harakatining uslubiy kömagi bilan fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga berilmoqda.
Qonun loyihasining 13-moddasi "Fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining jamoatçilik ekologik nazorati sohasidagi vakolatlari” deya nomlangan. Mazkur moddada taʼkidlanganiyek, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari (fuqarolar yiğini) öz vakolati doirasida:
- tegişli hududda atrof muhitni muhofaza qiliş sohasidagi qonunlar va boşqa qonun hujjatlarining bajarilişi ustidan jamoatçilik ekologik nazoratini hamda uşbu masalalar böyiça öz qarorlari ijrosi nazoratini amalga oşiradilar;
- nodavlat notijorat taşkilotlariga atrof muhit ifloslanişi va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanişga olib kelişi mumkin bölgan, fuqarolarning soğliği va hayotiga xavf soluvçi favqulodda vaziyatlarni kuzatib boriş va erta oldini oliş, aniqlaşning samarali tizimi yaratilişida, şuningdek jamoatçilik ekologik nazoratini taşkil etiş va amalga oşirişda, jamoatçi inspektorlar institutini şakllantiriş va ularning öquvini taşkil etişda kömaklaşadilar;
- ekologik nazoratning boşqa turlarini amalga oşirilişida iştirok etadilar;
- ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga tabiatni muhofaza qiliş qonun hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflarni kiritiş hamda ularni işlab çiqişda iştirok etadilar;
- atrof muhitni muhofaza qilişni taʼminlaş masalalariga oid qarorlarni işlab çiqiş va qabul qilişda, atrof muhitni muhofaza qiliş sohasidagi davlat dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşirilişida iştirok etadilar;
- Qoraqalpoğiston Respublikisi, viloyatlar, Toşkent şahar, tumanlar, şaharlar ijroiya hokimiyati organlari, tegişli hududda joylaşgan muassasa va taşkilot rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qiliş va hududning sanitariya holati, uni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş masalalari yuzasidan hisobotlarini eşitadi va ularning natijalari böyiça qarorlar qabul qiladilar;
- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş masalalari, jamoatçilik ekologik ekspertizasining xulosalari böyiça fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganlik uçun mansabdor şaxslarni javobgarlikka tortiş töğrisida tegişli organlarga takliflar kiritadilar.
Qonun loyihasida jamoatçilik ekologik nazoratini amalga oşiriş masalalari böyiça fuqarolarning özini özi boşqariş organining va uning mansabdor şaxsining murojaati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda körib çiqilişi şartligi belgilab qöyilgan.
Uşbu qonunning qabul qilinişi atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik holatni yaxşilaş, tabiiy resurslarni saqlaş sohasida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning özaro ham-jihatlikda harakat qilişining huquqiy mexanizmlarini taʼminlaydi. Hujjatning hayotga tatbiq etilişi tabiatni muhofaza qiliş sohasida aholining fuqarolik ekologik, huquqiy ongi hamda faolligi, fuqarolik jamiyatining ilmiy doiralar va davlat hokimiyati organlari bilan özaro hamkorligining oşişiga xizmat qiladi.
Pölat Qurboniyozov,
"Qipçoq” OFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶