Asriy orzular röyobi
Tarixdan maʼlumki, qaysi mamlakat biron-bir bosqinçilar tomonidan bosib olinsa, albatta, öşa mamlakatda ozodlik va istiqlol uçun kuraş harakati boşlanadi. Çunki ozod tuğilgan inson birovlarga qaram bölişni, boşqalarning zulmi ostida yaşaşni istamaydi. Bizning ajdodlarimiz, ota bobolarimiz qadim tariximiz davomida neça bor yovuz bosqinçilar hujumiga duç kelib, Vatanimiz ozodligi uçun kuraş olib borganlar.
Ötgan asrning 80-yillari ikkinçi yarmidan boşlab Prezidentimiz Islom Karimov boşçiligida yurtimizda adolat, mustaqillik, tinç-osuda hayot uçun olib borilgan mardona harakatlar milliy ozodlik yölidagi kuraşlarning yorqin sahifasini taşkil etadi. Millat va xalq manfaatlarini öz diliga jo etgan respublikaning I.A.Karimov boşçiligidagi yangi rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy muammolarning mohiyatini anglab, ularning oqilona yeçimini topiş yölida barça kuç va imkoniyatlarini safarbar etdi. Avvalo aholining ötkir ijtimoiy masalalari hal etildi.
1989-yil 21-oktyabrda "Özbek tiliga davlat tili maqomi beriş töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun qabul qilinişi mustaqillik yölidagi salmoqli qadam böldi.
Özbekistonda davlat mustaqilligini qölga kiritiş uçun haqiqiy kuraş 1989-yildan boşlandi. Çunki bu davrda, sobiq tuzumning hamma xududlaridagi kabi Özbekistonda ham ijtimoiy hayotning barça sohalarida öta oğir vaziyat xukmron bölib, uni bartaraf etişga mustabid tuzum ojiz edi. Şu davrdan boşlab Özbekistonda maʼnaviy hayotni rivojlantiriş, madaniy merosdan foydalaniş borasida ham dastlabki amaliy qadamlar qöyildi. Yurtimizning fidoyi farzandlari – Çölpon, Fitrat, Usmon Nosir, Abdulla Avloniy kabi adiblarning ijodiy merosini odilona örganiş olimlar oldiga muhim vazifa etib qöyildi.
1990-yilning 24-martida özbek xalqi hayotida yana bir muhim voqea, mustaqillik yölidagi tarixiy hodisa röy berdi. I.A.Karimov Özbekiston Prezidenti etib saylandi. Respublikada sobiq markaz tazyiqiga qaramay, ittifoqdoş respublikalar orasida birinçi bölib prezidentlik boşqaruvi joriy etildi. Özbekiston mustaqilligi yölidagi yana bir muhim qadam 1990-yil 20-iyunda Özbekiston SSR Oliy Kengaşining XII çaqiriq ikkinçi sessiyasida Özbekiston Respublikasi Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilinişi böldi. Mustaqillik Deklaratsiyasida yurtimizdagi har bir millat öz taqdirini özi belgilaşi kafolatlanişi taʼkidlandi.
1991-yil 31-avgustda I.A.Karimov taşabbusi bilan Respublika Oliy Kengaşining XII çaqiriq navbatdan taşqari oltinçi sessiyasi çaqirilib, unda Prezidentimiz tomonidan Özbekistonning Davlat mustaqilligi eʼlon qilindi. Sessiyada "Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi töğrisida”gi Oliy Kengaş Bayonoti qabul qilindi. Mazkur sessiyada "Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini eʼlon qiliş töğrisida”gi qaror qabul qilinib, 1-sentyabr Özbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991-yildan boşlab bu kun umumxalq bayrami va dam oliş kuni sifatida mamlakatimizda keng nişonlanib kelinmoqda. Şuningdek, Oliy Kengaşning öşa sessiyasida "Özbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Özbekiston Respublikasi Mustaqilligi haqidagi bu xujjatlar özbek xalqining asriy orzusi röyobga çiqqanligining huquqiy ifodasi edi.
Tarixiy orzu uşaldi. Xalqimiz siyosiy mutelik va mustabidlik asoratidan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - Özbekiston Respublikasi paydo böldi. Özbekiston Davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan oğir, maşaqqatli kuraşining qonuniy natijasi böldi. Özbekiston xalqi öz mustaqilligini quvonç bilan kutib oldi. Xalqimizni yanada jipslaştirgan ana şu şodlik, öz elida öziga beklik tuyğusi mamlakatimizni juda qisqa, 22-yil içida taraqqiyotning zafarli yöllariga olib çiqdi.
Otabek XIDIRBOYeV,
NDPI qoşidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyi öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶