Şoh va şoir Bobur - vatanparvarlik timsoli
Temuriylar avlodining isteʼdodli vakili, atoqli şoir, buyuk sarkarda, ajoyib asarlari bilan dunyo ahliga tanilgan uluğ ajdodimiz Z.M. Bobur ijodi bilan faxrlansak arziydi. Buyuk ajdodimizga hurmat, uning ijodiga qiziqiş, öquvçilarni faollikka, jonkuyarlikka, talabçanlikka, ijodkorlikka undaydi. Uning ğazal va ruboiylari orqali öquvçilarda vatanparvarlik tuyğusi şakllanadi.
Manbalarda qayd etilişiça, dovyurakligi va jasurligi uçun u yoşligidan “Bobur” (şer) laqabini oladi. Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib qiliçboz, kamonboz ham edi. Uning vujudida sarkardalikka xos dovyuraklik, serğayratlilik, epçillik mujassam bölgan. Otasi vafotidan keyin 12 yoşida taxtga ötiradi. Bobokaloni A.Temur davlati poytaxti Samarqandni egallab, Movarounnaxrda markazlaşgan kuçli davlatni saqlab qolişga urinadi. Afsuski bu niyatiga erişa olmadi, mahalliy hukmdorlar örtasidagi nizo bunga imkon bermadi. U köpgina qarşiliklarga uçrab, noiloj öz Vatanidan çiqib ketişga majbur böldi va qolgan umrining oxirigaça Hindistonning Agra şahrida yaşab, ijod etdi. Bobur Mirzo Hindistonda qudratli saltanat egasi bölganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami uni tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlarni bitgan.
Tole yöqi jonimğa baloliğ böldi,
Har işniki, ayladim- xatoliğ böldi.
Öz erni qöyib, Hind sori yuzlandim,
Yo Pab, netayin, ne yuz qaroliğ böldi.
Şoir öz boşidan keçirganlari, alamlari, öz erini taşlab, Hindistonni zabt etişini “yuzi qaroliğ” deb aytadi. Bobur Mirzo yuragida va şeʼriyatida Vatan tuyğusi, Vatan soğinçi, Vatanga qaytiş istagi doim mavj urib turgan. U vatanparvarlik, insonparvarlik, maʼrifatparvarlik ğoyalari bilan bir qatorda odob-ahloq mavzusiga ham asosiy eʼtiborini qaratdi. U hikmatli sözlari orqali odamlarni kamtarin, körkam fazilatlar egasi bölişga daʼvat etdi. Xalq maanfatini öylab, inson qadr- qimmatini yuqori tutdi. Şoirning umr saboqlari, orzu-armonlari ifoda etilgan ruboiylari, ayniqsa, ona Vatan tuyğusi, Vatandan ayriliş azobi har bir öquvçi qalbida çuqur iz qoldiradi. Hindiston şoxi bölişiga qaramay, u erdagi hayotini ğariblik deb ataydi.
Yod etmas emiş kişini ğurbatda kişi,
Şod etmas emiş köngulni mehnatda kişi.
Könglum bu ğariblikda şod ölmadi, oh,
Ğurbatda sevunmas ermiş, albatta kişi.
Qudratli saltanat egasi bölganda ham Vatan soğinçi, ayriliq alami Bobur Mirzoni eng sönggi nafasigaça tark etmadi. U farzandlariga: “... agar qazo qilsam meni Vatanimga yaqinroq joyga, eng bölmaganda Qobulga qöyinglar”, - deb vasiyat qilgan. Bu bir umr Vatanidan ayriliqda yaşagan buyuk insonning eng oğir nidosi edi. Buyuk siymoning ezgulikka çorlagan boy merosi avlodlar qalbida mangu qoladi.
Xosiyat Yusupova, 20-maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶