NAVBAT - RESPUBLIKA BOSQIChIGA
13-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Nasiba Hayitboyeva oʻz kelajagi sari dadil intilayotgan umidli yoshlardan.
U barcha fanlardan ham yaxshi oʻzlashtirishga harakat qiladi. Ayniqsa frantsuz tilini oʻzgacha ixlos bilan oʻrganmoqda. Bu fanga unda qiziqish uygʻonishiga maktabning frantsuz tili fani oʻqituvchisi Malika Shomurodova sababchi boʻlgan. Nasiba uning bagʻrikenglik bilan erinmay dars oʻtishlariga, frantsuz tilida oʻziga xos joziba bilan gapirishlariga, mavzuni oʻzlashtira olmaganlarga hech ogʻrinmay, qayta takrorlab, barcha oʻquvchilarini ham mazkur fanni yaxshi egallashlariga intilishlariga havas qiladi. Shu boisdan ustozi kabi frantsuz tili oʻqituvchisi boʻlishni niyat qilib qoʻygan. Nasiba Hayitboyeva shu maqsadda harakat qilib, bir necha yildan beri bilimlar bellashuvida tuman bosqichi gʻolibi boʻlib kelayotgan edi. U joriy oʻquv yilida fanlar olimpiadasida frantsuz tili fanidan tuman bosqichi gʻolibi boʻlib, respublika bosiqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Ayni kunlarda kundalik dars mashgʻulotlarini yaxshi oʻzlashtirib borish barobarida fanlar olimpiadasining navbatdagi bosqichida ham muvaffaqiyatga erishish uchun astoydil intilayapti.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶