Huquq bilimdonlari aniqlandi
Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning huquqiy savodxonligi, bilimlarini oshirish maqsadida turli tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Yaqinda tumanimizdagi 40-sonli maktabda shunday tadbirlardan biri “Huquq bilimdonlari” koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi oʻtkazildi. Koʻrik-tanlovda 1-maktabning “Yosh advokatlar”, 16-maktabning “Yosh huquqshunoslar”, 31-maktabning “Konstitutsiya”, 38-maktabning “Huquqshunos”, 40-maktabning “Adolat” hamda 55-maktabning “Yosh adolatchilar” jamoalari ishtirok etdilar.
Jamoalar havola etilgan huquqshunoslik boʻyicha test soʻrovlari, savollar va sahna koʻrinishi namoyish etish shartlari orqali bilim va mahoratlarini sinab koʻrdilar.
Tanlov yakunida jamoalar orasida 40-maktabning “Adolat” jamoasi barcha shartlarni aʼlo darajada bajarib gʻolib deb topildi. “Adolat” jamoasiga “Huquq bilimdonlari” koʻrik-tanlovining tuman bosqichiga yoʻllanma berildi.
Iroda Yerdosheva,
38-maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶