“Zulfiyaxonim izdoshlari” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi
5-mart kuni 69-sonli umumtaʼlim maktabida oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 103-yilligiga bagʻishlangan katta tadbir oʻtkazildi.
“Zulfiyaxonim izdoshlari” deb nomlangan ushbu tadbirni maktab direktori B.Koʻlboyev kirish soʻz bilan ochib, atoqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi haqida gapirib, bugungi kunda uning izdoshlari safi tobora kengayib borayotgani haqida gapirdi.
Shundan keyin Zulfiyaxonim izdoshlari – shoira qizlarga soʻz berildi. Maktabning 8-sinf oʻquvchisi Malohat Kamolova oʻzining “Bahor” sheʼrini oʻqiganida tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor boʻldi. Shuningdek, 9-sinf oʻquvchisi Maftuna Kamolova, 6-sinf oʻquvchisi Shirinoy Pahimova, 7-sinf oʻquvchisi Umida Kamolova, 6-sinf oʻquvchilari Aziza Yerimbetova va Hilola Otajonovalar ham goʻzal sheʼrlar oʻqib, tadbir ishtirokchilarini qoyil qoldirishdi.
“Zulfiyaxonim izdoshlari” deb nomlangan ushbu tadbirda sheʼrxonlikdan tashqari oʻquvchi qizlar boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham oʻz iqtidorlarini namoyish etdilar.
Jumladan “Yosh bilimdon qiz” yoʻnalishi boʻyicha 10-sinf oʻquvchisi Laylo Bozorboyeva, “Yosh sportchi qiz” yoʻnalishi boʻyicha 8-sinf oʻquvchisi Zaynab Atajonova, “Yosh shoira qiz” yoʻnalishi boʻyicha 7-sinf oʻquvchisi Umida Kamolova, “Yosh raqqosa qiz” yoʻnalishi boʻyicha 10-sinf oʻquvchisi Dinora Pustamova, “Yosh toʻquvchi qiz” yoʻnalishi boʻyicha 7-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Tohirovalar gʻolib deb topildi.
Maktabning “Gulgʻunchalar” deb nomlangan jamoasi dilrabo kuy va qoʻshiqlari, maftunkor raqslari bilan yakunlangan ushbu tadbir ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.
Umida Kamolova,
maktabda tashkil etilgan
“Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶