AChChIQ QALAMPIP EKIShGA BAGʻIShLANGAN KOʻPGAZMALI SEMINAP




Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev kam hosilli paxta dalalarida boshqa ekinlarni joylashtirish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish yuzasidan qator tavsiyalar bergan edilar. Yurtboshimizning bunday qimmatli tavsiya va takliflariga asosan ayni kunda mamlakatimizning, jumladan tumanimizning ham bir qancha ekin maydonlariga koʻplab moʻl hosil beradigan ekinlarni joylashtirish rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 18-aprel kuni “Xolimbeg” ovulidagi “Usta Allayor” fermer xoʻjaligida achchiq qalampir ekishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar oʻtkazilib, unda “Agrobank” ATB Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boshqarmasi, Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbarlari va tumandagi qishloq xoʻjaligi korxonalari hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok qildilar.
Seminarda Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-yanvardagi “Pespublikada horij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-sonli va Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar kengashining 2018-yil 1-fevraldagi 60-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan tuman hokimining 2018-yil 5-fevralda qabul qilgan 65-sonli qaroriga asosan 2018-yilda Amudaryo tumanidagi 530 ta fermer xoʻjaliklarining jami 1200 gektar yer-maydonida achchiq qalampir yetishtirilishi maʼlum qilindi.
Seminarda achchiq qalampir nihollarini oʻtqazish, ekin maydonlariga agrotexnik ishlov berish, sugʻorish, oziqlantirish, begona oʻtlardan tozalash har xil kasalliklardan himoya qilish va hosilni yigʻib olishgacha boʻlgan barcha jarayonlar haqida mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi va achchiq qalampir nihollarini ekish amaliyoti namoyish etildi.
Seminarda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri F.Sultonov ishtirok etdi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶