30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,580

GʻALLA – ELNING RIZQI

GʻALLA – ELNING RIZQI

Koʻklamning koʻrkiga-koʻrk qoʻshib yashnayotgan bugʻdoy nihollari bugun dalalarni toʻldirmoqda. Ertaga esa bu nihollar oltin boshoqli bugʻdoylarga aylanib, el dasturxonini rizqqa toʻldiradi. Shu sababli mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, gʻalla etishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev bu borada 23-mart kuni qishloq xoʻjaligini jadal rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligiga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ham toʻxtalib, gʻalla hosildorligini oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, oʻz vaqtida mineral oʻgʻit berilgan va sugʻorilgan dalalardagi gʻallaning toʻliq rivojlanayotgani, lekin oʻsishi kechikayotgan maydonlar ham borligi, bunga esa asosan gʻallani sugʻorish, dalalarga mahalliy oʻgʻit chiqarish, yovvoyi oʻsimlik va zararkunandalarga qarshi kurashish borasida sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani sabab boʻlayotgani haqida kuyunchaklik bilan aytildi. Davlatimiz rahbari bu kamchiliklarni sektorlar tizimida faol ish olib borib, bartaraf etish lozimligini taʼkidladi.

Shu holatlardan kelib chiqib, Prezidentimiz tomonidan “Gʻalla parvarishida favqulodda holat” eʼlon qilinganligi bois hamda har bir fermer xoʻjaligi boʻyicha gʻalla hosildorligini yanada oshirish maqsadida tumanimizda ham zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Undan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining shu yil 30-martdagi “Gʻalla hosildorligini oshirish va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish holatini oʻrganishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi va Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlariga muvofiq, gʻalla hosildorligini oshirish boʻyicha tuman ishchi guruhi tuzilib, hozirgi kunda bugʻdoy parvarishi boʻyicha deputatlik nazorati asosida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fermer xoʻjaliklari kesimida gʻallaning toʻliq ekilganligi hamda tegishli agrotexnik tadbirlar vaqtida oʻtkazilganligi, mahalliy va kimyoviy mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirilganligi, texnika vositalari bilan taʼminlanganligi va kimyoviy himoya vositalari bilan ishlov berish holati oʻrganilmoqda.

Gʻalla etishtiruvchi fermer xoʻjaliklaridagi ahvol joylarga chiqib koʻrilmoqda. Tumanda 3000 gektar erga gʻalla ekilgan boʻlib, ularning holati oʻrganilishi natijasida umumiy 10-15 foiz gʻalla maydoni rivojlanishdan ortda qolayotgani aniqlandi. Hozirgi kunda gʻalla maydonlari rivojlanishdan orqada qolayotgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, nihollar parvarishini yoʻlga qoʻyish maqsadida qoʻshimcha azotli oʻgʻitlar, suspenziya berish va sharbat usulida sugʻorish tashkil etildi. Gʻalla toʻliq ekilib, yaxshi rivojlanayotgan yer maydonlari ham qoʻshimcha mahalliy va kimyoviy oʻgʻitlar bilan oziqlantirilishi lozimligi, boshoqlar yetilgunga qadar 7-8-marta sugʻorilishi kerakligi haqida yer egalariga tushuntirilib, hosildorlikni 10 tsentnerga oshirish choralari koʻrilayapti.

Prezidentimiz mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi muhim masala ekanligi haqida kuyunchaklik bilan gapirdi. Yurtimizning sermahsul yerlarida unib chiqqan bugʻdoy nihollari parvarishiga qunt bilan qaralsa, albatta, moʻl hosil olinadi. Gʻalladan moʻl hosil olib, xirmonimizni toʻldirsak, rizqimiz barakali boʻladi. Boshqa joydan gʻalla olishga hojat qolmaydi.

Aziz yurtdoshlar, bugʻdoy nihollarini yaxshi parvarishlab, dasturxonlarimizni toʻkin qilaylik!

Ilhom POLVONOV, Xalq deputatlari tuman Kengashining

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va

ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026