ZUKKO DEHQON VA ADOLATLI XON HAQIDA ERTAK
Bir bor ekan, bir yöq ekan, qadim ötgan zamondami, yaqin zamondami, bir adolatli xon bölgan ekan. Aslida-ku, ertaklarda xonlarning köpçiligi zolim bölişadi. Biroq bu xon unçalik adolatsiz bölmagan ekan. Ayniqsa, bu xonning odilligi, raiyatparvarligi, boşqa amaldorlariga ham oddiy dehqonlarni qöllab-quvvatlaş lozimligini uqtirişi ovoza bölib ketgan, xalqi ham uni juda sevar va duo qilar ekan.
Poytaxtdan ança uzoq qişloqda bir dehqon bobo yaşar ekan. Halol ter tökib, ixlos bilan işlar, işning közini bilgani uçun hosili ham möl bölar ekan.
– Qartayganimda men ham odil podşohimizni bir körib ölayin, duoyi jonini qilib, qölini olayin, – deb niyat qilib, zomça (handalak) ekibdi. Öğrilardan, şoqollardan ehtiyot qilib, xonga niyatlab ekkan zomçasi rosa yaxşi bölibdi! Hidining özi bir dunyo, rangining özi bir dunyo!
Dehqon yölda silkinmasin, deb aravaga tuproq otib, ustiga zomçalarni avaylab yuklab, yölga tuşibdi. Şaharga yaqinlaşib, bir köprikka yetganida, bir töda otliqlar duç kelibdi. Körinişidan şikor (ov)dan qaytayotgan bölsalar kerak, deb öylabdi dehqon.
Otliqlar çolga salom berişibdi. Otliqlardan barvastasi:
– Ha, buva, yöl bölsin, juda uzoqdan kelayotganga öxşaysiz? – debdi.
– Manğit, Xitoy degan joylardanman. Xonning huzuriga borayotirman, – gerdayibdi çol.
– Xonning? U erga nima olib borayotirsiz, aravangiz töla-ku.
– Ay-y, bir zomça ekkan edim. Yangilikda, ekin-tikinning oldi. Şundan xonimizga bi-i-ir tottirayin dedim, boşqa taʼmam yöq. Bolalardan narsa ortarmidi, erta pişganidan olib kelayotirman-da, bolam, ma, sen ham bi-i-r yeb kör, yangilik…
Otliqlar bir-birlariga maʼnoli qarab qöyişibdi. Boyagi suvoriy yana gapida davom etibdi:
– Xonga zomça oborib nima qilasiz? Boraman degunça bari yançilib, ezilib ham qolar…
– Ezilmaydi, aravaga avval tuproq töşab, keyin zomçani yuklaganman, ha-a… özining palagiga örab obkelyapman. Mana, körding-ku, ezilganmi?!
– Ay-y, ne qilsangiz ham bola-çaqangizga berib yuravermaysizmi?! Xon sizning zomçangizni nima qilsin, özi xon bölsa … Xon degan sizning zomçangizga zormi?! Kelib-kelib endi sizning zomçangizni olsinmi?!
Dehqon boş qaşib cal öylab turibdi-da, eşagini “xih” lab debdi:
– Ey-y, xon zomçani olsa olar, olmasa, teskarisiga olar… – U gapining söngidan dehqonçasiga sökinib ham qöyibdi.
Otliqlar bir-birlariga boyagidan ham maʼnoliroq qarab qöyib, yölga tuşibdilar. Dehqon eson-omon xon saroyiga yetib boribdi. Saroybonlar xonning şikordan bugun qaytib kelganini, ertaga qabul qilişini unga aytişibdi. Bir navkarni qöşib yuborib, karvonsaroyga joylaştirişibdi. Dehqon bunday mulozamatdan bir xursand, bir hayron emiş…
Ertalab keçagi navkar özi yöl boşlab, xon saroyiga olib kiribdi. Törtta zomçani xurjuniga solib kelgan dehqonni xon arzxonasidagi taxt oldiga olib borişibdi. Xon baribir xonda! Xonning ijozatisiz yuziga, köziga qarab bölmaydi.
– Nima arzing bor? – yangrabdi viqorli ovoz.
– Hm-m, hm-m, erta pişgan ekindan yangilik, deb zomça obkelgandim, xonimiz qabul qilsalar… şod bölardim, boşqa heç gapim yöq, olampanoh, – debdi yerdan közini uzmay.
– Xon sening zomçangga zormi?! Kelib-kelib sening zomçangni olsinmi?!
Dehqon bobo beçoraning quloği şanğillab, közi tinib ketibdi: keçagi ovoz, keçagi savol, keçagi barvasta otliq... “Ajaling bitib kelgan ekansan, manglayi qora!” – debdi özi-öziga içidan, – «kallang zomça böladi endi!»… Keyin ne bölsa, böldi, degan öyda boşini kötaribdi va:
– Xon hazratim, şu keçagi köprikning ustidagi gap… – debdi zör-bazör.
Dehqonning keçagi beadabligi – sirtidan bölsa ham xonni sökkani uçun jazolamoqçi bölib ötirgan xon uning zukkoligi, sodda va rostgöyligiga tan berib, qah-qah urib kulib yuboribdi. Saroyni xon kulgusiga qöşilgan boşqa amaldorlarning qah-qahasi jaranglatib yuboribdi.
Dehqonmi? Dehqonning aravasini sarpolarga töldirib saroydan kuzatib qöyişibdi. Ötakasi yorilayozgan dehqon bobo beçora olib kelgan zomçalarini madrasadagi talabalarga “jonimning sadaqasi”, deb tekinga tarqatib yuborgan ekan. To uyiga yetib kelgunça “qolgan umrimda xonga zomça olib bormasman”, deb takrorlarmiş.
Dehqon bobo xonga yana zomça olib bordimi, yöqmi, bilmayman-u, lekin uning xonga aytgan gapi el içida maşhur bölib ketgani rost.
Tursunboy ABDULLAEV,
Xitoy qişloği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶