30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:01
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,329

HAR QARICh YeRDAN UNUMLI FOYDALANISh – FAROVONLIK GAROVI

HAR QARICh YeRDAN UNUMLI FOYDALANISh – FAROVONLIK GAROVI

Bugungi kunda yurtimizda koʻklamning qulay, iliq kunlaridan foydalanib, ertagi ekinlarni ekib, yuqori hosil olish uchun harakat tobora avj olmoqda. Chunki tomorqa yerlarda yetishtirilgan mahsulotlar eng avvalo, yangi uzib isteʼmol qilinishi, ekologik tozaligi bilan afzal. Qolaversa, butun oila aʼzolari hamjihatlikda yetishtirgan mahsulotning taʼmi oʻzgacha boʻladi, roʻzgʻorga baraka kiradi.

Yashirishning hojati yoʻq, bugungiday dorilomon kunlarda ham nochor yashayotgan, kam taʼminlangan oilalar yoʻq emas. Aholining ana shunday gʻamxoʻrlikka muhtoj qatlami uchun ham tomorqasini qoʻshimcha daromad manbaiga aylantirishi, chorva, parranda parvarishlashi orqali qoʻshimcha daromad topishiga erishish, albatta, kelgusida oʻz natijalarini beradi. Tomorqa barcha xonadonlar uchun ham roʻzgʻorga madadkordir.

Yaqinda shu maqsadda tuman Kengashi deputatlari, “Oq oltin” ovul fuqarolar yigʻini hamda jamoat tashkilotlari vakillari xonadonma-xonadon yurib, mazkur ovulda yerdan foydalanish ahvoli ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirdik.

Tumanimizning “Oq oltin” ovuli aholisi azal-azaldan dehqonchilikda oʻziga xos tajriba va mahoratga ega. Ular birinchilardan boʻlib, koʻkpiyoz, sabzi, kartoshka, bodringlarni yetishtirib, bozorga chiqarishadi. Xonadonlar tomorqalarini koʻzdan kechirsangiz, hozir ertagi kartoshka, piyozlari koʻk solib turganini koʻrasiz.

Ovulning tajribali tomorqa egasi Yoʻldosh Samandarov oʻz hovlisida barpo etgan issiqxonasida pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri kabi ekinlar koʻchatlarini yetishtirib, otiziga koʻchirib ham boʻldi. Erta ekilgan kartoshka bir tekis koʻkarib chiqqan.

Shuningdek, Egambergan Safarniyozov, Akram Yusupovlarning tomorqasida ham koʻzni quvontiradigan manzaralarni koʻrish mumkin. Pushtalarga koʻchirib oʻtqazilgan pomidor, bulgʻor qalampiri, bodring nihollari rivoji yaxshi.

Ovulning “Toza bosu” aholi punktidagi 300 dan ziyod xonadon istiqomat qiladigan shu nomdagi koʻcha boʻylab yurgan kishi 2007-2008-yillarda qurilgan 20 tacha xonadon yashaydigan qismida yerlarning oqarib, shoʻrlab yotganidan ajablanishi tayin. Koʻcha yaqinidan ulkan yop oqib oʻtganligi, avval mavjud boʻlgan zaxkash keyinchalik koʻmilib qolganligidan tomorqa yerlar haddan ziyod shoʻrlab ketgan.

– Yerimizga ketmon ursak, zax suv chiqadi. Biz ham oʻzimizga kerakli mahsulotlarni oʻz tomorqamizda yetishtirishni orzu qilamiz, – deyishadi mazkur hududda istiqomat qiluvchilar.

Nazorat guruhi aʼzolari ularga amaliy yordam berish yuzasidan chora-tadbirlar belgiladilar.

Shuningdek, ovulda faoliyat yuritayotgan “Nazokat-Shokir” fermer xoʻjaligida oʻtgan yili xoʻjalik ekin maydonlarining ayrim qismiga rejada belgilanmagan ekin – sholi ekilgani aniqlanib, xoʻjalik raisi Ikrom Davlatyorov kelgusida buningdek holatni takrorlamaslik yuzasidan ogohlantirildi.

maydonlarimizda, tomorqa yerlarda yetishtiriladigan hosil kelgusi farovon hayotimizni taʼminlaydi. Shu boisdan ham bu masalaga beparvo qarashga haqqimiz yoʻq.

Rim OʻROZBOYeV, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish

organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha

tuman Kengashi raisining oʻrinbosari,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026