12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 18:59
Jamiyat 👁 2,813

ŞARIAT VA TARIQAT

Dinning amaliy qismi bölgan şahodat kalimasini aytiş, namoz öqiş, zakot beriş, röza tutiş va haj qiliş kabi ibodatlarning "Islom” deb atalişini, şunga amal qilib islom ahkomlarini yuritiş şariat deb nomlanişini hammamiz yaxşi bilamiz.

Mustabid tuzum tufayli dinimizdan uzoqlaşişimiz jarayonida tasavvuf ilmidan, yaʼni tariqatdan ham butunlay uzoqlaşib ketganimiz ayni haqiqat.

Köpçiligimiz bu haqda umuman oddiy tasavvurga ham ega emasmiz. Xozirda u haqda turli gap - sözlar köpayib ketdi. Ularning qay biri töğri, qay biri notöğri ekanini ajratib olişning özi qiyin bölib qoldi.

Tasavvuf taʼlimoti vatanparvarlik ruhi bilan suğorilgan yöldir. Şuningdek, tasavvuf insonlararo kelişmovçilik va tengsizlikka qarşi turib, odamlarga ahil va birdam bölib yaşaşni tavsiya qiladi, uruş va qözğolonni qoralaydi, dunyo miqyosida bir ajoyib universalizm, yaʼni barça insoniyatni seviş ğoyasini talqin etadi. Tasavvuf taʼlimotida talqin etilgan huquqiy qaraşlar, masalan, boşqalarning huquqini tanib, hurmat qiliş, insonlarga tajovuz qilmaslik, ularning yaşaş huquqini saqlaş, hatto hayvonlarga ham ozor va aziyat bermaslik kabi oliy ğoyalar, insonlarni tarbiyalaş uçun maʼnaviy-ahloqiy, diniy-tasavvufiy va adabiy-estetik taʼsir qilişda muhim omil bölib xizmat qiladi.

Tariqatning ilk bosqiçi şariatdir. Haqiqat esa keyingi yuksak maqomdir. Demak, tariqat şariatdan haqiqatga boradigan yöl. Xöja Ahmad Yassaviy "Şariat  - zohirida aʼzolar bilan amal qiliş, tariqat - qalb bilan amal qiliş, haqiqat esa sir (qalbdagi javhar, köngil) bilan amal qilişdir” - deganlar.

Şariat bilan tariqat orasidagi aloqa ikkisi bir-birini töldiradi. Ular orasida ixtilof bölişi mutlaqo mumkin emas. Agar baʼzi bir tuşunmovçiliklar çiqsa, ikki tarafning özi ham tanqid qiladigan, Qurʼon va sunnatdan taşqaridan olingan narsalar haqida bölişi mumkin.

Ming afsuslar bölsinkim, zamon ötişi bilan tasavvufning surati buzilib, Islom taʼlimotidan, şariat ahkomlaridan uzoqlaşaverdi.

Bu açinarli holatning asosiy sababi taʼlim-tarbiyaning zaiflaşib, islomiy savodsizlikning ommalaşganida edi. Oqibatda baʼzi tanballar tasavvufni daromad manbaiga aylantirib oldilar. Ilm, taqvo, amalning örnini soxta karomatlar egalladi. Şayxlar ruhiy tarbiya ustozlari emas, hojatlarni çiqariş va raddi balo bilan maşğul böladigan azayimxonlarga aylandilar. Afsuski, şayxlikni daʼvo qiluvçi köpgina kimsalar va muridlikni daʼvo qiluvçilarning aksariyati şarʼiy ilmlardan bexabar yoki oz xabardor bölganlari uçun tasavvufga ham doğ tuşirganlar isnod keltirganlar va hamon bu holat yuz berib turibdi.

Afsuski, şariatning asl qoidalariga ergaşmaydigan, uni özlariça tuşunişga harakat qiladigan hamda şariatni tariqat va tasavvufdan alohida tuşunadiganlar özlarining johilona hatti-harakatlari bilan köplab nizo va ixtiloflarning kelib çiqişiga sabab bölmoqdalar.

Özlarini guyoki salaflar davrida yaşayotgandek his qilib, turmuş tarzi, qiyiniş, yeb-içiş, atrofdagilarga öz taʼsirini ötkaziş kabi körinişlarda qaysidir maʼnoda rahnamo bölişga harakat qilayotirlar. Baʼzi muridlar (söfiylar) pirlariga haddan taşqari baho berib, ularning gaplarini şariatning hukmidan ham ustun qöyişgaça borib yetganlar. Baʼzi joxillar tasavvufni şariatdan ustun qöyib, tariqatsiz şariat bölişi mumkin emas, şariatsiz tariqat bölişi mumkin, mana bizlar şariatsiz tariqatga kirdik (astağfirulloh) deyişliklari, özi qöl bergan piriga kör-körona ergaşiş, hatto unga siğiniş darajasida (astağfirulloh) eʼtiqod qilişlari, baʼzilari guldek oilasini taşlab, "Eşon buva”ning iştiroklaridagi yiğinlarida qornini qampaytirib, nazarga tuşiş umidida yurişgani, yana bir xillari, talabi ilmni tark qilib, boşqalardan farqli kiyim kiyib, "Tariqat haqiqatdir, biz haqiqatdamiz, siz nimadasiz? Abu, Hanifa ham şayxga qöl bergan, oxirgi ikki yili bölmaganda Numon halok bölar edi” degan gap-sözlarni qilib, özlarini boşqalardan ustun his qilişadi.

Eng açinarlisi ana şunday tasavvuf va tariqatdan yiroq kimsalar özlarini bu sohaning daholari qilib körsatişlari, ommaga şu maqomda turib murojaat va munosabatda bölişlari, şu yöl bilan qaysidir maʼnoda kattagina taʼsir kuçiga ega bölib olişga harakat qilayotganliklari maʼlum bölmoqda.

Bu va bunga öhşagan ilmsizlik asosidagi gap-sözlar haqiqiy tasavvuf yöliga, Alloh taoloning roziligini tilagan solihlar yöliga mutlaqo ziddir.

Xöja Ahmad Yassaviy fikriga köra, şariatsiz tariqat va tariqatsiz haqiqat yöq. Tariqatga qadam qöygan odam şariatga suyanmasa, şayton kelib iymoniga çang soladi.

Xöja Ahmad Yassaviy dedilar: "Oxir zamonda bizdan keyin şunday maşoyixlar paydo bölgay, Iblis alayhilaʼna ulardan saboq olgay. Ular Iblisning işini qiladilar, xalqqa döst bölib, xalq istagini bajaradilar, muridlarini boşqaradilar, lekin ular maqsadga erişolmaydilar. Zohir körinişlarini orasta qilib, muridlardan köp taʼmalar qilib, botinlarini xarob qilgaylar. Kufr bilan imonni farqlay olmaslar, olimlarni xuş körmay, ularga iltifot qilmaslar. Ahli sunna val jamoatni duşman körib, ahli bidʼat va zalolatni sevadilar. Yomonlikni peşa qilib, Alloh taolodan yaxşilik umid qilgay va şayxlikni daʼvo qilurlar. Ammo şayxlik işini xor qilib, muridlarining eşigida yurgaylar. Bunday kişi muridga pirlik qilmasligi, şayxlik qilib, muriddan muomala olmasligi kerak. Agar murid nazr bermasa, zörlik bilan tortib olgay. Agar u nazrni olib, şunga loyiq kişiga yoki yöqsilga bermay, öziga va oila ahliga sarflasa, it ölimtigini isteʼmol qilgandek bölur. Agar olib yesa va undan kiyim kiysa, u kiyim egnida ekan, öqigan namozi, tutgan rözasi Alloh taolo dargohida qabul bölmas va yegan har luqmasi uçun uç ming yil dözaxda azoblangay”.

Yana Xoja Ahmad Yassaviy (r.a.) aytadilar: "Voy öşa kişilargaki, bunday (sohta) şayxlarga qöl berib ibodat qilurlar va özlarini azobga giriftor eturlar”.

Islom dini aqidasi böyiça, biz musulmonlar şariatga ham, tariqatga ham barobar-ijobiy fikr bilan qaraymiz. Tasavvuf tariqatlari islom şariati ahkomlarini töla eʼtirof etgan holda möʼmin-musulmonlarning ahloqiy fazilatlarini takomillaştirişga xizmat qiladi deb bilamiz. Biz aytamizki: "tasavvuf şariatdan taşqaridagi, undan yuqoriroq turuvçi alohida bir yöl emas. Tasavvuf şarʼiy ahkomlarni sevib, içki (botiniy) huzur bilan ado etmoqlikdir”.

Aslida Alloh taoloning sevgisiga erişişni istagan banda uçun eng töğri yöl U zotning barça jonzotlarini va eng avvalo Robbimizning sevimli habibi bölmiş Muhammad Mustafo (s.a.v) ni sevişdir.

Mömin-musulmonlar uçun erta-yu keç bir lahza ham Alloh taoloning zikridan ğofil kolmagan xolda, u zotning amrlariga böysunib, qaytarganlaridan qaytib, halol-pok rizq talabida mehnat qilib, jamiyatning işonçli, solih bir vakili, vafodor er, mehribon ota, sodiq döst, silayi rahm qiluvçi qarindoş, masjidga şoşilib borib, sekin qaytuvçi namozxon, öziga ravo körgan yaxşiliklarni özga musulmonlarga ham ravo köruvçi qalbi saxiy inson va eng muhimi, xar bir yaxşi amalida Rasululloh (s.a.v)ga iqtido qiluvçi sodiq muqtadiy bölişdan köra töğriroq yölni biz bilmaymiz.

Zero, bu aytilganlarning barçasi sevimli Robbimiz bizdan talab qilgan, u zotning elçisi, Habibölloh Muhammad mustafo(s.a.v) bizga Alloh taoloning amri ila yetkazgan vojibotlardir. Töğri, eʼtiqoddagi heç bir mutasavvuf, töğri tariqatdagi heç bir pir-u murid bu vojibotlarning birortasini inkor qilmaydi. Bularni inkor qilganlarning eʼtiqodi ham, tariqati ham şubhalidir.

 

A. Matsafoyev,

"Yusuf Eşon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026