GʻALLA EKINLAPI UChINChI MAPTA ShAPBAT USULIDA SUGʻOPILAYaPTI
Ayni kunda Amudaryo tumanidagi mavjud 3000 gektar gʻalla maydonida ekinni parvarishlash va turli kasalliklardan hamda zararkunandalardan asrash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilayapti.
Shu kungacha gʻalla ekini 2-marta toʻliq oziqlantirildi, 3-marta korbamid bilan suspenziya qilindi. Hozirga kunda gʻalla ekinlarini uchinchi marta sharbat usulida sugʻorish jadal davom etayapti.
Gʻallazorlarda zararli xasfa tarqalishining oldini olish maqsadida doimiy monitoring ishlari amalga oshirilyapti. Gʻalla tipsiga qarshi kurashish maqsadida har gektar maydonga 500 donadan oltinkoʻz etnomofagi yuborilmoqda.
Shuningdek, rivojlanishda qoloq deb hisoblangan 78 gektar maydonning har gektari uchun 10 tonnadan mahalliy oʻgʻit tashib chiqarildi.
Dalalardagi yuksak agrotexnika qoidalari asosida parvarishlanib, durkun rivojlanayotgan gʻalla ekini moʻl hosildan darak berayapti.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶