ESTETIKA TURKUMIDAGI FANLAR OYLIGI YaKUNLANDI
Aprel oyi - estetika turkumidagi fanlar oyligi hisoblanadi. Shu munosabat bilan tumanimizdagi 56-sonli maktabda “Aprel – estetika turkumidagi fanlar oyligi” yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Unda maktabning estetika turkumidagi fan oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida maktabning 7-sinf oʻquvchilari tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlari boʻyicha mahorat va bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Ishtirokchilar dastlab tanishtiruv shartida jamoadoshlari haqida maʼlumotlar berdi. Ikkinchi shartda esa oʻquvchilarning rassomlik mahorati sinovdan oʻtkazildi. Shuningdek, oʻquvchilar rangli qogʻozlardan turli shakllar yasash va boshqa shartlar boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Bellashuv oʻquvchilarni estetika turkumidagi fanlarni yanada chuqurroq oʻrganishga chorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶