30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:01
Siyosat 👁 1,594

Prezident davlat maslahatchisining oʻrinbosari Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video)

Prezident davlat maslahatchisining oʻrinbosari Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video)

16-may kuni Amudaryo tumani hokimligida Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan tuman aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari A.Usmanov, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisi M.Yerniyazov, Pespublika Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev, sud, prokuratura va ichki ishlar organlari masʼullari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga tuman aholisi tomonidan yoʻllangan murojaatlar koʻrib chiqildi.

Aytish kerakki, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yil boshidan shu kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan 162 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan 94 tasi hududiy, 7 tasi yuqori tashkilotlarga koʻrib chiqish va hal qilish uchun yuborilgan. Murojaatlarning 61 tasi xalq qabulxonasida koʻrib chiqilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 125 tasi qanoatlantirilgan. Shundan 39 tasi ijobiy yechimini topib, murojaat qiluvchilarning foydasiga hal qilingan. 48 tasi esa huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali hal qilingan. Qanoatlantirilgan murojaatlarning 38 tasi asosli deb topilgan va qoʻshimcha hujjat, muddat va oʻrganish evaziga hal etilgan. 19 ta holatda esa murojaat qiluvchilarga tushuntirishlar berilgan.

Oʻtkazilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar vazirliklar va tegishli idora rahbarlariga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz muammolari bilan murojaat qildilar hamda javob oldilar. Murojaatlarning aksariyati shu joyning oʻzida yechimini topdi, baʼzi muammolarni esa batafsil oʻrganish boʻyicha mutasaddi idora va tashkilot masʼullariga tegishli topshiriqlar berildi.

Fuqarolar murojaatlarining aksariyati sogʻlikni saqlash, taʼlim, bandlik va boshqa ijtimoiy, bank-moliya tizimiga oid iqtisodiy masalalar hamda uy-joy, kommunal xoʻjaligiga oid maishiy muammolar xususida boʻldi.

Boʻzyop ovulida yashovchi fuqaro Oʻ.Yermekenov va Qangli ovulidan fuqaro J.Pajapovlar mazkur ovullar hududida suyultirilgan gaz ballonlari tarqatish boʻyicha servis shoxobchasini qurish masalasida murojaat qildi. Ushbu masala “Oʻztransgaz” AJning “Qoraqalpogʻiston gaz” filiali maʼmuriyati tomonidan koʻrib chiqildi va shu joyning oʻzida ijobiy hal qilinadigan boʻldi. Yaqin vaqt ichida Boʻz yop va Qangli MMTP balansidagi mavjud foydalanilmay turgan binolar tuman hokimligi kelishimiga binoan “Qoraqalpogʻiston gaz” filiali balansiga oʻtkazilib, tumanning bu ikkala chekka ovulida ham suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish shoxobchalari ish boshlaydi.

Amir Temur nomli ovulda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarning “Musofir” aholi punktida isteʼmolchilar sonining oshishi natijasida mavjud transformatorning kuchlanishi yetmayotganligi, shuning uchun yangi transformator oʻrnatishda amaliy yordam berishni soʻrab qilgan murojaati ham ijobiy hal qilindi. “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan shu kunning oʻzida mazkur aholi punktidagi 63 kVa kuchlanishli transformator 160 kVa kuchlanishli yuqori quvvatli transformatorga almashtirildi.

Sayyor qabul davomida jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslarning vakillari tomonidan bildirilgan 63 ta murojaat koʻrib chiqildi. Murojaatlarning barchasi toʻliq oʻrganib chiqilishi, ularni hal qilish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi va natijalari haqida murojaat egalariga yozma ravishda xabardor qilinishi maʼlum qilindi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026