GʻOʻZA PAPVAPIShI YaNGI BOSQIChGA KOʻTAPILDI
Joriy yilda Amudaryo tumanida 511 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 15550 gektar maydonda paxtaning S-47-27, Sulton va Yangi Buxoro-102 navlari ekildi.
Ayni kunda barcha fermer xoʻjaliklari dalalaridagi agrotexnika qoidalariga amal qilingan holda parvarish qilinayotgan gʻoʻza nihollari durkun rivojlanmoqda.
Gʻoʻza parvarishida 18-maydan 1-iyungacha kechiktirib boʻlmaydigan “Zarbdor 15 kunlik” eʼlon qilingandan keyin tumanda gʻoʻza parvarishi yangi bosqichga koʻtarildi. Shu boisdan ham tumanning 4925 gektar maydonidagi gʻoʻza nihollarida 1-,2-chinbarglar, 8188 gektar maydondagi gʻoʻza nihollarida 3-,4-chinbarglar paydo boʻldi.
Ayni paytda barcha fermer xoʻjaliklarida paxtani kultivatsiya qilish, begona oʻtlardan tozalash, birinchi oziqlantirish ishlarini tashkil etish shu kunning talablari darajasida amalga oshirilmoqda.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶