Maqsad – suvdan tejamli va unumli foydalanish
Amudaryo tumanida suvdan tejamli va unumli foydalanish maqsadida ekinlarni sugʻorishning turli usullari joriy etilmoqda. Masalan tumandagi “Sarvinoz sifatli servis” MChJning 3 gektarlik bogʻida, “Davlatyorov Sanʼat” fermer xoʻjaligining 4 gektarlik bogʻida va “Aytboyev Komil” fermer xoʻjaligining 4 gektarlik bogʻida mevali daraxtlarning tomchilatib sugʻorish usuli joriy etilmoqda.
Tumandagi “Boboniyozov Farhod”, “Magʻliyo Sohibjon”, “Azamat Bunyod” va “Nurbek Toʻramurotovich” fermer xoʻjaliklarida paxta egatlariga klyonka toʻshab sugʻorish, shuningdek yana bir qancha fermer xoʻjaliklarida paxtani egiluvchan koʻchma quvurlar yordamida sugʻorish rejalashtirilmoqda. Bunday egiluvchan quvurlar fermer xoʻjaliklariga “Oʻzmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi orqali yetkazib beriladi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶