Amudaryoda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ish boshladi (+foto)
Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimiga jiddiy eʼtibor qaratilib, soha tubdan isloh qilinmoqda. Bugungi kunda muassasa xodimlari malakasini oshirishdan tortib, tarbiyalanuvchilar uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratishgacha boʻlgan masalalar davlat ahamiyatidagi ustuvor vazifaga aylangan. Pespublikamizda davlat maktabgacha taʼlim muassasalaridan tashqari, davlat-xususiy sherikchilikdagi hamda xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari ham tashkil etilib, bolajonlar barcha sharoitlar yaratilgan zamonaviy muassasalarda tarbiyalanmoqdalar.
Bu kabi eʼtiborning samarasi sifatida 5-iyun kuni Amudaryo tumanining Toshyop ovulida “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Tadbirkor Sherzod Salayev tashabbuskorligida ish boshlagan uy-bogʻchasi tumanning namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylardan iborat yangi mavzesidagi oilalar uchun ayni muddao boʻldi.
8-iyun kuni davlat-xususiy sheriklik asaosidagi mazkur “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining ochilish marosimi oʻtkazildi. Muassasaning ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Jumagul Usnatdinova, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev hamda tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi, Xalq taʼlimi boʻlimi masʼullari, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari mudiralari, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi va tegishli korxona-tashkilotlar xodimlari, ota-onalar ishtirok etdilar.

Marosimni Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev ochib berdi. Maktabgacha taʼlimi Vaziri Jumagul Usnatdinova hamda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshevlarning tabrik nutqidan soʻng, jajji bolajonlar ishtirokida tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.
50-oʻringa moʻljallangan mazkur nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mashgʻulot xonalari, ovqatlanish, oʻyin xonalari, musiqa va sport zallari, yozgi ayvoncha, kir yuvish xonasi, oshxona, tibbiyot xonasi bolajonlar va tarbichilar xizmatida. Mehmonlar bogʻchada taʼlim-tarbiya berish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Aytish kerakki, tumanimizda joriy yilda 10 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ulardan birinchisi - davlat-xususiy sheriklik asosidagi “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi barchaga, ayniqsa, ota-onalarga juda manzur boʻldi.













O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶