30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:32
Jamiyat 👁 2,933

QURBONLIK FAZILATI

QURBONLIK FAZILATI

Musulmonlarning eng moʻʼtabar bayramlaridan biri Qurbon hayiti Zulhijja oyining 10-kuni nishonlanadi. Iydi Qurbon Haj ibodatlari tamom boʻlgani munosabati ila va Allohning yoʻlida qurbonlik qilishga tayyorlikni izhor qilishlik uchun shariatga kiritilgan bayram hisoblanadi.

Hayit bayramlari qadimdan yurtimizda oʻzgacha, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bagʻrikenglik va sahovat ifodasi boʻlib kelgan. Shu yil 8-oktyabr kuni Prezidentimizning Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilindi. Unda hayit bayramining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirishga qator mutasaddi tashkilotlar jalb qilindi. Bularning barchasi davlatimiz tomonidan yurtimiz musulmonlariga koʻrsatilayotgan eʼtibor namunasidir.

Qurbonlik qilish zakot, fitr sadaqasi kabi moliyaviy ibodat boʻlib, u Qurʼoni karim, hadisi sharif bilan sobitdir. Qurbonlik qilish boshqa ibodatlar kabi Alloh uchun deyilsa-da, aslida foydani inson koʻradi. Qurbonlik qilingan hayvonning goʻshtidan soʻygan odamning oʻzi va faqir-fuqarolar manfaatdor boʻladi. Alloh taolo esa insonning qalbidagi niyatiga koʻra muomala qiladi. Haqiqatan, qurbonlikka soʻyilgan hayvonlarning goʻshtlariga ham, qonlariga ham Alloh muhtoj emas. Qurbonlik qilishdan maqsad - bandaning Yaratuvchi amriga itoatini va taqvosini namoyon etishdir. Banda ixlos bilan qurbonlik qilib, Alloh yoʻlida jonlik soʻymoqdami, demak oʻsha bandaning Alloh taologa taqvosi bor ekan. Allohning rizoligi uchun borini qurbon qilishga tayyor ekan.

Qurbonlik qilish qonun-qoidalari va odoblari haqida koʻplab fiqx kitoblarida batafsil maʼlumotlar berilgan. Qurbonlik soʻyish hayit namozini oʻqib boʻlgach boshlanadi. Shariatimiz koʻrsatmasiga binoan qurbonlik qilish zakot nisobiga qodir kishilargagina vojib, deb bayon qilingan (bu yilgi zakot nisobi 8 000 000 (sakkiz million) soʻm deb belgilangan. Agar biror kimsa qurbonlik soʻyish vaqtigacha mazkur pul mablagʻiga ega boʻlsa, unga qurbonlik soʻyish vojib boʻladi. Qurbonlikning avvali hayit namozi ado etilganidan soʻng soʻyiladi. Uning oxirgi vaqti esa hayitning uchinchi kuni asr vaqtigacha.

Qurbonlikka qoʻy, echki, tuya, qora mol kabi hayvonlarning erkagi ham urgʻochisi ham soʻyilishi mumkin. Bulardan tuya 5 yosh, qora mol 2 yosh, qoʻy va echki esa 1 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak. Mol va tuyani 7 kishi nomidan soʻyilishiga shariatimizda koʻrsatmalar bor. Qurbonlik soʻyishi vojib boʻlgan kishi qurbonlikni vaqtida soʻymasa, keyin uning qiymatini sadaqa qilishi vojib. Soʻyilgan qurbonlikning uchdan birini sadaqa qilish, uchdan birini yedirish, uchdan birini keyin yeyish uchun olib qoʻyish mustaxabdir. Serfarzand boʻlsa, hammasini oilada oʻz farzandlari uchun olib qoʻyish afzal.

Mana Qurbon hayiti ham kirib keldi. Odatda hayit kunida hamma bir-birini ulugʻ kun bilan samimiy muborakbod etadi. Hayit namozini ado etgandan soʻng birinchi oʻrinda bizlarning dunyoga kelishimizga sababchi boʻlgan ota-onalarimizni, ulardan keyin qarindosh-urugʻlarimizni, yoru-birodarlarimizni, bemorlarni borib ziyorat etamiz. Ularning koʻnglini soʻrash va koʻtarishga harakat qilamiz. Ayrim sabablar bilan oʻzaro arazlashgan gina-kuduratli kishilar ham bir-birlarini muborak bayram kunida kechirib, oʻzaro uzrlar aytib, bir-birlariga quchoq ochadilar. Bu kun barchaga quvonch ulashadigan kundir.

Alloh taolo barchalarimizni oʻzining rizoligi yoʻlida xolis niyatlar bilan qilayotgan qurbonliklarimizni, ibodatlarimizni dargohida husni maqbul aylab, muborak haj safariga yurtimizdan borgan barcha hojilarimizning haj ibodatlarini mukammal ado etib, Vatanimizga sogʻ-salomat kelishlarini muvaffaq aylasin.

A.Matsapoyev,

"Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi.

(Foto - http://religions.uz)

2013-yil

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026