Qishloq xoʻjaligi
👁 968
Gʻoʻzani birinchi oziqlantirishga 4,4 ming tonnaga yaqin mineral oʻgʻit sarflandi
Amudaryolik paxtakorlar paxtani oʻz vaqtida va sifatli oziqlantirish – moʻl hosil garovi ekanligini juda yaxshi bilishadi.
Shu boisdan ham tumanda gʻoʻza parvarishi davrida mineral va mahalliy oʻgʻitlardan samarali foydalanishga katta eʼtibor beriladi.
Bu yil tumanda mavjud 15500 gektar maydondagi gʻoʻza nihollarini birinchi oziqlantirish davrida 2333 tonna ammiakli selitra, 1514 tonna fosforli oʻgʻitlar va 509 tonna kaliyli oʻgʻitlar ishlatildi.
Hozirgi kunda tumanda gʻoʻza nihollarini ikkinchi marta oziqlantirish ishlari davom etayapti.
Paxta maydonlarida amalga oshirilayotgan oziqlantirish ishlarini mineral oʻgʻitlardan samarali foydalangan holda amalga oshirish gʻoʻza nihollarining durkun rivojlanishiga omil boʻlayapti.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶