14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 17:51
Fan va taʼlim 👁 1,133

KITOBXON YoShLAR TANLOVI: OʻZ IQTIDORINGNI, SALOHIYaTINGNI NAMOYoN QIL!

KITOBXON YoShLAR TANLOVI: OʻZ IQTIDORINGNI, SALOHIYaTINGNI NAMOYoN QIL!

Mamlakatimizda jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy intellektual salohiyati, ong va tafakkuri, dunyoqarashini yuksaltirish, ularning qalbida ona Vatanimizga va xalqimizga muhabbat va sadoqat tuygʻusini kuchaytirish, barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ulugʻ ajdodlarimizning aql-zakovati va badiiy iqtidori tufayli yaratilgan adabiyotlar, hozirgi oʻzbek va jahon adabiyotining durdona asarlari bilan yoshlarni yaqinroq tanishtirish maqsadida oʻtkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovida 250 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, oʻz iqtidorlarini namoyon etishdi. Mazkur tanlov yoshlar orasida kitobxonlik madaniyati oshishiga sezilarli taʼsir oʻtkazdi.

Shu boradagi saʼy-harakatlarni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida shu yilning 12-mayida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.

“Yosh kitobxon tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” qabul qilingan Nizomga muvofiq tanlov uchta yosh toifasi boʻyicha alohida-alohida tartibda yaʼni 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan, 15 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan, 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar orasida oʻtkaziladi.

Tanlov toʻrt bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqich tanlovning arizalar qabul qilish va saralash bosqichi boʻlib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlardan arizalar qabul qilinadi va ular test sinovi asosida saralab olinadi. 86 va undan yuqori ball toʻplagan ishtirokchilar keyingi ikkinchi bosqichda qatnashish  huquqini qoʻlga kiritishadi.

Tanlovning ikkinchi bosqichi har yili iyul oyida tuman, shahar miqyosida 2 ta shart boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda ishtirokchilarning iqtidori “Oʻzbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlari boʻyicha, tanlovning uchinchi-hududiy bosqichi “Buyuk mutaffakkir va adib”, “Badiiy asarlar bilimdoni” va nihoyat yakuniy Respublika bosqichida esa  “Oʻzbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” “Buyuk mutaffakkir va adib”, “Sheʼriyat” kabi 4 ta shart boʻyicha aniqlanadi.
Tanlovning mahalliy, hududiy bosqichlari gʻoliblari ham munosib taqdirlanadi. Respublika bosqichining uch toifasi gʻoliblari ham “Prezident sovgʻasi” – yengil avtomobil, diplom, “Yosh kitobxon” statuetkasi bilan taqdirlanadi. Ikkinchi, uchinchi oʻrinni egallaganlarni ham munosib sovgʻalar kutmoqda.

Aziz tumanimiz yoshlari!

Siz kitobxonmisiz? Bu borada oʻz iqtidoringizni “Yosh kitobxon” tanlovining 12-14-iyul kunlarida boʻlib oʻtadigan tuman bosqichida sinab koʻring va gʻolib boʻlishga intiling!

Gʻoliblik mukofotlardan tashqari oʻz-oʻzingizga ishonchingiz ortishiga, hayotda oʻz oʻrningizni topishingizga maʼnaviy ragʻbat boʻlishi shubhasiz.

Tanlovning yakuniy bosqichi gʻoliblari safida amudaryolik yoshlar ham boʻlishini tilab qolamiz.

OYGUL RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019