BAKTERIAL DIZENTERIYa VA ULARDAN SAQLANIŞ ÇORALARI
Yoz mavsumining issiq kunlari boşlanişi bilan aholi orasida ötkir yuqumli içak kasalliklari köplab uçraydi. Ötkir yuqumli içak kasalliklaridan hisoblangan bakterial dizentariya kasalligini turli mikroorganizmlar keltirib çiqaradi.
oziq-ovqat mahsulotlari, şuningdek, maişiy-muloqot, yaʼni, ifloslangan qöllar, idiş-tovoqlar, rözğor buyumlari, yoş bolalar öyinçoqlari kasallikni yuqtiruvçi asosiy omillar hisoblanadi. Şuningdek suv qaynatilmay içilganda, yoki belgilanmagan oçiq suv havzalarida çömilganda ham bu kasallikni yuqtiriş mumkin. Yoz-kuz oylarida esa paşşalar ham kasallikning kelib çiqişida katta rol öynaydi. .
Bakterial dizenteriya bilan faqat odamlar oğriydi.
Kasallikning Patogenezi va klinikasi: Kasallikning yaşirin davri 2 kundan 7 kungaça davom etadi. Şundan keyin kasallikning asosiy belgilari yuzaga çiqa boşlaydi, kasallik içning qayta-qayta suyuq kelişi,qorin oğrişi,kungil aynişi, qusiş, isitmaning kutarilişi kabi belgilar bilan namoyon böladi. Dizenteriya toksinlarining markaziy nerv sistemasiga taʼsir etişi boşqa infektsion kassalliklar kabi dizenteriya patogenezida asosiy ahamiyatga egadir. Ingiçka va yöğon içak nerv apparatining zararlanişi sababli yöğon içak şilliq pardasi yalliğlanib, yara paydo böladi va tortişib qisqaradi. Şunga köra bemor içi burab oğrib kuçanadi. Kasallik oğir ötganda bemor 1 sutkada 30-martagaça xojatga boradi. Dizenteriya bakteriyalari qonga ötmaydi. Dizenteriyaning toksik formalari köpinça xavfli böladi. Yoş bolalarda va keksalarda dizenteriya oğirroq keçadi.
Kasallikning epidemiologiyasi va unga qarşi kuraş çoralari: – Dizenteriya kasalligining ötkir va surunkali formasi bilan oğrigan bemor infektsiya manbai böladi. Dizenteriya tayoqçalari asosan najas bilan çiqadi.
Dizenteriya profilaktikasi kasallikni barvaqt aniqlaş, va bemorni öz vaqtida şifoxonaga yotqiziş va davolaş, şuningdek,kasallikning xronik formasi bilan oğriyotgan kişilarni aniq hisobga olib, sanatsiya qilişdan iborat. Bemorlarning buyumlari, çiqindilari, şuningdek bemor turgan uy yaxşilab dezinfektsiya qilinişi kerak.
Raʼno ALLAMBERGENOVA,
tuman DSENM bakteriolog-şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶