30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Siyosat 👁 1,279

OZODLIK, BAXT, IQBOL TANTANASI

OZODLIK, BAXT, IQBOL TANTANASI

Mustaqillik bayrami keng nishonlandi (Fotogalereya, 1-qism)

Mustaqillik bayrami keng nishonlandi (Fotogalereya, 2-qism)

Mustaqillik! Xalqimiz uchun milliy davlatchiligini, oʻzligini, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatini tiklash, urf-odat, anʼanalarini, muqaddas dinini, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulugʻlash va ularning maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, sogʻlom va barkamol avlodni shakllantirish borasida ilgari tasavvur ham qilib boʻlmaydigan imkoniyatlarni bergan bu ulugʻ va muqaddas neʼmatning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bosib oʻtilgan 27 yillik ogʻir va mashaqqatli davridagi ertagi kunimizga yuksak ishonch bilan amalga oshirilgan ezgu maqsadlar yoʻlidagi saʼy-harakatlar bugun bizga ozod, obod va farovon, inson shaʼni-qimmati yuksak tutiluvchi baxtiyor zamonga yetkazdi.

Shu boisdan ham har yili mamlakatimiz mustaqilligi kuni – 1-sentyabr butun yurtimiz boʻylab ulkan tantana qilinadi. Milliy bayramimiz shukuhi kirib bormagan xonadon qolmaydi.

Shu yilning 29-avgustida Amudaryo tumanida ham “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim” shiori ostida ulkan teatrlashtirilgan bayram tomoshalari boʻlib oʻtdi. Avvalo oʻz ovul, mahallalarda, mehnat jamoalarida istiqlol tantanalarini nishonlab, bu kun tuman miqyosidagi bayram namoyishiga tashrif buyuruvchilarning barchasining koʻzlarida quvonch, tillarida shukrona.

Oʻrta Qalʼa ovulining Vaxum aholi punktida joylashgan oʻyingoh bayram tomoshasiga oshiqayotganlarni oʻz bagʻriga chorlamoqda. Oʻyingohning oʻziga xos bezatilishi ham kishi ruhini koʻtarib yuboradi. Oʻyingohning gullar qulf urib turgan kiraverishi joriy yilimizning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorliklar aks etgan bannerlar, chaqiriqlar, bayroqlar, sharlar bilan bezatilgan.

Bayram tomoshalariga taklif qilingan rasmiy mehmonlar non-tuz bilan qarshi olindi. Ular tuman hokimi S.Yoʻldashev boshchiligida dastlab tumanimiz fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasini tomosha qildilar.

Har biri oʻz oldiga oʻtov tiklab, oʻz mahsulotlarini peshtaxtalarga did bilan terib qoʻygan hech bir ovul, mahalla dehqonlari koʻrgazmasiga qoyil qolmay iloj yoʻq.

Ha, bu – bugun Amu eli fermerlari faqat dehqongina emas, dunyo tajribasini oʻrganib, oʻz faoliyatiga tatbiq etayotgan, dehqonchilikni ilmiy asosda tashkil etayotgan uddaburon, ishbilarmon ekanligini mana shu koʻrgazma ham isbotlay oladi.

Aziz mehmonlar tumanimiz hunarmandlari namoyish etgan mahsulotlarni ham qiziqib tomosha qildilar.

Oʻyingohda yigʻilgan tomoshabinlar rasmiy mehmonlarning tashrifini qarsaklar bilan olqishladilar, musiqiy chorlov yangradi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev yigʻilganlarni, butun tumanimiz xalqini xalqimizning asriy orzularini roʻyobga chiqargan Mustaqillik bayrami bilan qizgʻin qutladi. Tabrikdan soʻng mamlakatimiz madhiyasi yangradi. Oʻyingohda saf tortgan oʻquvchi-yoshlar, sanʼatkorlar koʻngillarida olamga faxr, gʻurur bilan madhiyamizni olqishladilar.

Bayram shodiyonasini “Ofarin” folklor etnografik xalq jamoasi aʼzolari “Bayram shodiyonasi” kuyi bilan boshlab berdilar.

Tantanada shuningdek, “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli, oʻzbek milliy asboblar ijrochi sozandalaridan tashkil topgan cholgʻu ansambli hamda tumanimizning turli hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat markazlaridagi havaskorlik toʻgaraklari aʼzolari hamkorlikda tayyorlagan ulkan teatrlashtirilgan bayram tomoshasidagi qoʻshiqlar, kompozitsion chiqishlar, sahna koʻrinishlarining barcha-barchasida istiqlolimiz, istiqlol tufayli erishgan dorilomon kunlarimiz, yurtimizda ezgu niyatlar bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, taraqqiyotimiz aks etdi.

Tumanimiz sport sharafini yuqori koʻtarayotgan sportchilarning chiqishlari, shuningdek, milliy sport musobaqalarini yigʻilganlar zavq bilan tomosha qildilar.

Erk, ozodlik! Bu bebaho neʼmatlar inson baxt-saodati uchun naqadar muhim ekanligi mustaqillikning 27-yilida erishilgan asrlarga tatigulik yuksalishlarda ham ayon. Oʻtkazilgan bayram tomoshasi buni qalblarimizga yanada teranroq joyladi.

O. PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026