ZARARKUNANDALARGA QARShI KURASh KUChAYTIRILAYaPTI
Gʻoʻza parvarishi qizgʻin pallaga kirgan ayni kunlarda Amudaryo tumanidagi qator biolaboratoriyalarda hosil kushandasi – qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurash butun choralar bilan kuchaytirilmoqda.
Gʻoʻza zararkunandalariga Qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar ayniqsa tumanning “Boʻzyop” ovulida yaqqol koʻzga taniladi. Chunki bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan biolaboratoriya xodimlari 35 ta paxtachilik bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklarining 1095 gektar maydondagi ekinlarini, shuningdek aholining tomorqa yerlaridagi ekinlarini qishloq xoʻjaligi zararkunandalaridan himoya qilishda jonbozlik koʻrsatishyapti.
Ushbu bioloboratloriya xodimlari har 3 kunda bir gektar yerga 1 grammdan trixogramma, 1 gektar maydonga 500 donadan oltinkoʻz tuxumi va 1 gektar ekin dalasiga 1000 donadan brakon ishlatishayapti. Natijada eng xavfli zararkunanda – koʻsak qurti rivojlanishining oldi olinyapti.
Biz paxta dalalarida paydo boʻlayotgan koʻsak qurti va oʻrgimchakkana kabi zararkunandalarga qarshi kurashni kuchaytirish bilan birga fermer xoʻjaliklaridagi va aholi tomorqasidagi poliz va sabzavot ekinlarini, shuningdek, bogʻlardagi mevali daraxtlarni zararkunandalardan muhofaza qilish ishlariga ham eʼtiborni kuchaytirayapmiz. Bular asosan paxta hosili va boshqada qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nobudgarchiligining oldini olishda muhim omil boʻlayapti, -dedi biolaboratoriya mudiri Arslon Koʻbeyev.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶