Qishloq xoʻjaligi
👁 647
KUZGI BUGʻDOY EKISh JADAL DAVOM ETAYaPTI
Amudaryo tumanida 2019-yil hosili uchun 415 ta fermer xoʻjaliklarida jami 3000 gektar maydonga gʻalla ekish rejadashtirilgan edi. Ayni kunda barcha fermer xoʻjaliklarida kuzgi bugʻdoy ekish ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Tumanda kuzgi bugʻdoy ekish paytida ekin maydonlari fosforli va kaliyli oʻgʻitlar bilan oziqlantirilmoqda. Bugʻdoy ekish ishlarida 18 ta borona, 50 ta yer tekislagich, 16 ta oʻgʻit sepkich va 12 ta diskli seyalkalardan unumli foydalanilmoqda.
Tumanda gʻalla ekish ishlarini tashkil etish hamda uni nazorat qilishda 18 ta otryad faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu otryadlar aʼzolarining saʼy-harakatlari tufayli barcha ishlar rejaga muvofiq va sifatli amalga oshirilayapti.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶