MAKTABDA YoShLAR ITTIFOQIGA SARDORLAR TAYINLANDI

Ayni kunlarda tashkilotning quyi boʻgʻini hisoblangan umumtaʼlim maktablarida sardorlar saylovi oʻtkazilmoqda. Bu vazifaga maktablardagi yetakchilik qobiliyatiga ega, bilimli va faol yoshlar tayinlanmoqda.
Tumandagi 36-umumtaʼlim maktabida ham shu munosabat bilan tadbir oʻtkazildi. Ittifoqning tuman Kengashi, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ishtirok etgan ushbu tadbirda jamoa tomonidan maʼqullangan nomzodlar tegishli yoʻnalishlar boʻyicha sardorlikka saylandi. Tashabbuskor va faol oʻquvchilardan 18 nafari maktabning Ittifoq va “Kamalak” tashkiloti sardorligiga tayinlandi. Har bir sinfdan ham 9 nafar oʻquvchining nomzodi turli yoʻnalishlar boʻyicha sardorlikka maʼqul deb topildi.
Yangi saylangan sardorlarga vazifalari haqida atroflicha tushuncha berildi va oʻquv yili davomida bajariladigan ishlar boʻyicha tegishli rejalar belgilab olindi.
Nigora BOZORBOYeVA
36-maktabning Yoshlar ittifoqi yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶