30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 03:11
Fan va taʼlim 👁 917

TAʼLIM MASKANINING OBODLIGI EL-YuRTNING OBODLIGIDIR

TAʼLIM MASKANINING OBODLIGI EL-YuRTNING OBODLIGIDIR

26-son umumtaʼlim maktabi 80-yildan ortiq tarixga ega boʻlgan tabarruk maskandir. Bu maktabdan yillar davomida koʻplab fidoyi va el dardi bilan hamnafas boʻlgan insonlar yetishib chiqqan. Ayni kunda maktabda 500 ga yaqin yurtimiz kelajagi boʻlgan oʻgʻil-qizlar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Maktabning tuman maktablari ichida oʻz oʻrni va mavqei bor.

Maktab “Bosuv” mahallasida joylashgan boʻlib, bu mahalla tuprogʻi unumdor, xalqi mirishkor, Alloh nazari tushgan qutlugʻ makon. Mahalla hududidan sersuv “Boʻzsuv” kanali oqib oʻtadi. Bu kanalning ham oʻz tarixi bor. 26-son maktab ana shu kanal boʻyida joylashgan.

Maktab hududi 2 yarim gektarlik maydon boʻlib, uning 0,5 gektarida bogʻ barpo etilgan. Bogʻimizda olma, behi, nok, olcha, oʻrik va olxoʻri kabi 100 dan ortiq mevali daraxtlar mavjud. Bu daraxtlarning yarmidan koʻpi hosilga kirgan. Bundan tashqari, maktab hovlisida 150 tupdan ortiq archa, 200 tupdan ortiq terak, 50 tup tol va boshqa manzarali daraxtlar oʻsib, maktab koʻrkiga-koʻrk berib turibdi. Ota-bobolarimizdan bizga meros boʻlib, avlodlardan-avlodlarga oʻtib kelayotgan gujum daraxtlari oʻquvchilarimizning faxri.

Maktab hududida mana shu gujum daraxtlaridan 20 tupdan ortigʻi oʻsgan boʻlib, oʻqituvchi va oʻquvchilarga tanaffus paytida har bir daqiqasi soatlarga tatigulik orom baxsh etib turadi. Maktab gulzori ayni kunda qiygʻos gulga kirgan boʻlib, kirib kelgan har bir odamning dilini charogʻon qiladi. Maktab hovlisidan boshlangan bu goʻzallik farzandlarimiz qalbida ilm olishga ishtiyoq, qadrdon maktabiga mehr uygʻotadi. Maktabning oʻz ekinzori bor. Bu yerda oʻsayotgan beda, kartoshka, qovoq, lavlagi kabi ekinlar maktab daromadiga daromad qoʻshib keladi.

Maktabimiz bu yil tumanda oʻtkazilgan “Eng obod taʼlim muassasasi” tanlovida tuman maktablari ichida 1-oʻrinni egalladi. Bu yutuqda maktab jamoasi bilan bir qatorda yuqori sinf oʻquvchilarining ham munosib hissasi bor. Darsdan boʻsh vaqtlarida, katta tanaffuslarda ular gullarga suv quyib, begona oʻtlardan tozalab qoʻyishadi. Bu bilan ular oʻzlarining taʼlim olayotgan jonajon maktablariga boʻlgan mehrlarini, tabiatga boʻlgan muhabbatlarini va ekoolamga nisbatan qiziqishlarini orttirib boradilar. Farzandlarimiz qalbida shakllangan bunday mehr tuygʻusi shu maskanda ishlab, mahalla yoshlariga taʼlim-tarbiya bergan ustozlarimizdan meros boʻlib kelayotganligini alohida aytib oʻtishimiz lozim. Alloh rahmat qilsin, ustozlarimiz Ismoil Xoʻjamurodov, Nazarimbat Almuratov, Ibroyim Masharipov, Shomurod Davletovlardan meros obodonchilik ishlari hamisha bardavom. Chunki insonning yashaydigan, ishlaydigan va taʼlim-tarbiya oladigan makoni qanchalik obod va fayzli boʻlsa, uning orzu-umid yoʻllari hamisha oydin, manzillari charogʻon boʻladi.

Yalgʻosh ShOMURODOV, 26-maktab direktori, Qoraqalpogʻiston va

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026