Maktabda til bayramiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
20-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi 17-sonli umumtaʼlim maktabida 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili berilgan kun munosabati bilan katta tadbir oʻtkazilib, unda maktabning barcha oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Til bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbirda maktab direktori Erkinboy Kenjayev “Tilimiz – milliy boyligimiz” mavzusida maʼruza qildi. E.Kenjayev oʻz maʼruzasida ona tilimiz millatimiz koʻzgusi va qudrati ekanligi, tilga eʼtibor va hurmat xalqqa va Vatanga mehr-muhabbatning yorqin ifodasi ekanligi haqida gapirdi.
Shundan keyin maktab direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Feruz Oʻrozboyev, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Inobat Pajabovalar ham soʻzga chiqishib, ona tilini sevish – vatanparvarlik belgisi ekanligini taʼkidladilar va oʻquvchilarni tilimizni hurmat qilishga, undan toʻgʻri foydalanishga daʼvat qildilar.
17-sonli maktabda til bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbir oʻquvchilarda oʻz ona tiliga boʻlgan eʼtiborlarining yanada oshishiga xizmat qiladi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶