30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:03
Siyosat 👁 830

AMUDARYo TUMANIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Joylarga borib sayyor qabullar oʻtkazish, fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashish, aholi bilan doimiy muloqot qilish  ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning  samarali usullaridan biri boʻlib kelmoqda. Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq soʻzlashish, ogʻirini yengil qilish fuqarolarning davlat va jamiyatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Prezident administratsiyasi masʼul xodimi Alisher Usmanov ishtirokida 27-oktyabr kuni Amudaryo  tumanida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan muloqoti turli muammolarga oʻz joyida yechim topishning samarali usuli ekani yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va tumandagi Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazilgan sayyor qabulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq qabulxonasi raisi H.Halimov, tuman hokimi S.Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari,  huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, tijorat banklari xodimlari va boshqa masʼullar ishtirok etdilar.

 Tumanimizdagi Choykoʻl ovulida oʻtkazilgan sayyor qabulda uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish tizimi, tibbiyot, huquq-tartibot idoralari faoliyati va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalarda qilingan ovul fuqarolarining  murojaatlari  koʻrib chiqildi. Jumladan, fuqaro Gulchehra Jumatovaning “Noʻgʻoy Eshon bobo” aholi punktini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, nogironligi boʻlgan Ahmad Shomurodovning poyabzal tikish mashinkasini olishga yordamlashish,  Oʻrinboy Bozorboyevning mahalladagi mavjud transformatorini  past kuchlanishda ishlayotganligi sababli  yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirish taklifi, Shavkat Xolmurodovning “Qoraqipchoq” aholi punktidagi qoʻlbola simyogʻochlarni yangisiga almashtirishga yordam berish boʻyicha, Saʼdulla Jumaniyozovning “Qoʻlbergan bobo” qabristoniga oʻtadigan qipchoq arna koʻprigini taʼmirlash haqidagi, Yalgʻash Yoʻldoshevning 26-sonli maktab hududigacha boʻlgan yoʻlni, Rajab Eshboyevning Qangli ovulidagi Madaniyat va aholi dam olish markazini taʼmirlash boʻyicha va boshqa fuqarolarning ham turli masalalar yuzasidan qilgan  murojaatlari atroflicha oʻrganildi va tegishli chora-tadbirlar koʻrildi.

Doʻrman ovulida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda ham hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush tarzini yanada yaxshilash  hamda tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga doir masalalarni aniqlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish maqsadida aholining murojaatlari tinglanib, oʻrganib chiqildi. Har bir fuqaroning murojaati diqqat bilan tinglanib, masalaga daxldor boshqarmalar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari koʻrildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan inson huquqlarining buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar oʻz joyida hal etilib, murojaatchining talabi qondirildi. Maʼlum muddat, yaʼni atroflicha oʻrganish taqozo etiladigan murojaatlar boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar, murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berildi.

Sayyor qabulda uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish tizimi, tibbiyot, huquq-tartibot idoralari faoliyati va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalarda qilingan murojaatlar koʻrib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar koʻrildi.

Ozoda Xudoyberganova.
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026