30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 03:13
Fan va taʼlim 👁 877

Tumanda mahalliy byudjet hisobidan ikkita maktab filiali binosi yangidan qurildi (+video)

Tumanda mahalliy byudjet hisobidan ikkita maktab filiali binosi yangidan qurildi (+video)

Maktab – yosh avlod taʼlim va tarbiya oladigan, ularga mustaqil hayot sari yoʻl koʻrsatib, kamolga yetkazadigan ulugʻ dargohdir. Bu dargohda oʻzligini tanib, maqsadini topgan insonlar ilm-fan, iqtisodiyot, texnologiya kabi koʻplab sohalar rivojiga hissa qoʻshish bilan birga jamiyatni ham taraqqiyot sari yetaklashmoqda. Taraqqiyot sari ildam borayotgan mamlakatimizda shu bois taʼlim tizimiga uni rivojlantirishga, yetarli sharoit yaratilib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Tumanimizda ham bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar soha rivojiga xizmat qilmoqda. Taʼlim maskanlari binolari qayta taʼmirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirilish bilan birga sharoitlari ham yaxshilanmoqda. Tumanning chekka hududlarida joylashgan maktablargacha taʼmirlash ishlari olib borildi va taʼlim oluvchilarga foydalanishga topshirildi. Soʻnggi davr mobaynida esa qayta taʼmirlash ishlari olib borilishi bilan birga, maktab uchun yangi binolar ham qurildi.

Choykoʻl ovuli “Toza qalʼa” aholi punktidagi 1962-yilda qurilgan 59-sonli umumtaʼlim maktabi 2013-yilda kapital taʼmirlangan boʻlib, 120-oʻringa moʻljallangan mazkur maktabda 204 nafar oʻquvchiga 30 nafar malakali oʻqituvchilar taʼlim berib kelinmoqda.

Qayta taʼmirlashdan soʻng, maktab sharoiti yaxshilandi. Ammo aholi soni ortayotgani bois oʻquvchi koʻpayayotgani hamda quyi sinflarga ovulning chekka joylaridan qatnab oʻqiyotgan bolalar masofa uzoqligidan qiynalishayotgani sababli maktabga qoʻshimcha bino qurishga katta ehtiyoj sezilayotgan edi. Mana shu ehtiyojdan kelib chiqib, maktab uchun filial tashkil qilish rejalashtirildi va shunga muvofiq, shu yilning may oyida bino qurilishi boshlab yubrildi.

Mahalliy byudjetdan ajratilgan 62 mln. 900 ming mablagʻ evaziga “Amuqurilishdizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilgan 59-sonli maktab filiali binosi qisqa muddat ichida qurilib, sentyabr oyida ishga tushirildi. Maktab olislik qilayotgan, ovul chekkasida yashovchi aholiga moʻljallab qurilgan mazkur filialga boshlangʻich sinflar joylashtirildi.

- Bu aholi uchun ayni muddao boʻldi - , deydi 59-sonli maktab filiali boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Toʻti Eshchonova. – Shinam va issiq xonalarda taʼlim olayotgan bolajonlarimizning ham quvonchi cheksiz. Har birimiz mana shunday sharoitlar, imkoniyatlar yaratilayotganidan juda minnatdormiz. Biz, albatta, bularni oʻqish va ishdagi yutuqlarimiz bilan oqlaymiz.

Ayni paytda 1-4-sinflar oʻqitilayotgan filialda 16 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda. Samarali tashkil etilgan oʻquv jarayonlari yangi uslublar, pedagogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda. Oʻquvchilar rus, ingliz, qoraqalpoq tili, tabiat, mehnat, odobnoma, tasviriy sanʼat, musiqa fanlarini Toʻti Eshchonova, Olimjon Jumatov, Saʼdulla Shomurodov, Goʻzal Oʻtaboyeva, Hamid Karimov, Dilorom Sultonova, Dilbar Pahimova, Oʻrozbika Bobojonova, Ismoil Xoʻjaboyev kabi malakali oʻqituvchilar yordamida oʻzlashtirishmoqda.

Kuyuk koʻpir ovulining “Qizilcholi” mahallasida ham tuman mahalliy byudjeti hisobidan 9-sonli maktabning filiali uchun yangi bino qurilib, qisqa muddat ichida foydalanishga topshirildi. “Amuqurilishdizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 156 mln. soʻm mablagʻ evaziga qurilgan binoda ayni paytda 1-4-sinflarda 68 nafar oʻquvchi ilm oʻrganmoqda. Ularga boshlangʻich sinf oʻqituvchilari Dilbar Oʻrinboyeva, Tursunoy Masharipova, Davlatboy Otajonov, Maqsuda Matkarimovalardan tashqari, fan oʻqituvchilari ham taʼlim-tarbiya berib kelishmoqda.

- Bizning 9-sonli umumtaʼlim maktabimiz binosi 1980-yilda qurilgan boʻlib, 2008-yilda qayta taʼmirlandi. Oʻtgan davrda ovuldagi aholi ozligiga koʻra, kam sonli oʻquvchiga moʻljallab qurilgan binoga bugungi kunda soni tobora ortayotgan oʻquvchilarimizni joylashtirish qiyinchilik tugʻdirayotgan edi. Bunga alohida eʼtibor qaratilib, maktab filiali tashkil etilgani va tez fursatlarda bino ham qurilib ixtiyorimizga topshirilganidan, yaratilgan qulaylikdan nafaqat biz balki, butun ovul ahli minnatdor, - deydi mamnuniyat bilan maktab direktori Xayrulla Oʻtegenov.

Atrofi ham obodonlashtirilgan yangi filial maktablardagi shinam sinflarda tahsil olayotgan, darslarni oʻzlashtirayotgan oʻquvchilarning ruhlari baland. Ertaga mamlakat kelajagini yaratish masʼuliyati zimmasida turgan yosh avlod munosib boʻlib kamolga yetish uchun bugungi kundagi imkoniyatlardan foydalanib, chuqur bilim olishga intilmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026