Qishloq xoʻjaligi
👁 945
Bugʻdoy ekilgan dalalarga 12 ming tonnaga yaqin mahalliy oʻgʻit chiqarildi
Ayni kunda Amudaryo tumanida 2019-yil hosili uchun ekilgan kuzgi bugʻdoy maysalari parvarishiga alohida eʼtibor berilayapti. Jumladan, moʻl hosil garovi hisoblangan mahalliy oʻgʻit jamgʻarish ishlari jadal surʼatlar bilan olib borilayapti.
Joriy yilning noyabr oyida tumandagi har bir gektar bugʻdoy dalasiga 3,5 tonnadan mahalliy oʻgʻit tashib chiqarish rejalashtirilgan edi.
Shu kungacha jami 3350 gektar gʻalla maydoni uchun 11873 tonna mahalliy oʻgʻit jamgʻarib, bu boradagi reja 101,3 foizga bajarildi.
Bunday saʼy-harakatlar 2019-yilda tumanda moʻl gʻalla hosili yetishtirilishiga zamin yaratmoqda.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶