“Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” fani oyligi oʻtkazildi
Umumtaʼlim maktablarida istiqlol davrida shakllangan “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” fani boʻyicha yangidan darslar oʻtila boshlandi. Milliy gʻoya va mafkurani shakllantirishda alohida ahamiyatga ega boʻlayotgan darslarda oʻquvchi-yoshlar Vatanga muhabbat, uning ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalanmoqda.
38-maktabda dekabr oyida “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” fani oyligi oʻtkazildi. Fan oyligi doirasida oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, referatlar, buklet va albomlar asosida koʻrgazma, oʻquv metodik koʻrgazma, ochiq oʻquv mashgʻulotlari, bellashuv va tadbirlar oʻtkazildi: Ayniqsa, “Vatan tuygʻusi” fani boʻyicha oʻqituvchi Nilufar Tajimurodova 5-6-sinflarda oʻtkazgan ochiq darsida dars samaradorligini yanada oshirish va ilgʻor ish tajribalarini oʻrgatishda barchaga namuna boʻldi. Shuningdek, oʻtkazilgan tadbirlardan “Vatan yagonadir, vatan bittadir” bellashuvi oʻquvchilardagi fanga boʻlgan qiziqish va faollikni yanada oshirdi.
Fan oyligining yakunlanishi munosbati bilan oʻtkazilgan katta tadbirda erishilgan yutuqlar tahlil qilinib, faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantirildi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶