2018-YILDA AMALGA OShIPILGAN IShLAP SAPHISOBI: Fan va taʼlim
Tumanimizda jami 82 ta, shundan 78 ta umumtaʼlim, 3 ta boshlangʻich maktablar va “Barkamol avlod” bolalar markazida ertangi kun egalari zamon talabiga mos ravishda taʼlim-tarbiya olmoqdalar. Ularga 3840 nafar oʻqituvchilar ilm-fan sirlarini oʻrgatishmoqda.
2017-2018 oʻquv yilida tumanimiz maktablari Qoraqalpogʻiston miqyosida umumjamoa hisobida “Bilimlar bellashuvi” natijalariga koʻra avvalgi oʻquv yilidagidan toʻrt pogʻona yuqorilab, 3-oʻrinni, fanlar olimpiadasida esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Shuningdek, oʻquvchilar “Umid nihollari” sport musobaqasida Qoraqalpogʻiston Pespublikasida 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar.
Tumanimizdagi taʼlim muassasalarida ayni kunda 36 ming 703 nafar oʻquvchilar taʼlim olishmoqda.
Oʻquv yili boshida tumanda 10 ta oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilib, maktablarning 10-11-sinflarida taʼlim oluvchi 5316 nafar oʻquvchilarning barchasi ushbu maskanlarda kasb-hunar oʻrganishga jalb qilindi.
2018-yilda taʼlim-tarbiya ishlarini samarali olib borgan 2 nafar oʻqituvchi “Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi”, 6 nafari “Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi, 1 nafari “Qoraqalpogʻiston xalq oʻqituvchisi” yuksak unvonini olishga muvaffaq boʻldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶