Maktabda yoshlar ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishga oid tadbir oʻtkazildi
25-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 57-sonli umumtaʼlim maktabida “Yoshlar ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishda ayollarning roli” mavzusida davra suhbati oʻtkazilib, unda maktabning barcha sinflari rahbarlari va oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda maktab direktori M.Poʻzmetov Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi PQ-3160-sonli Qarori ijrosi yuzasidan maktabda oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat soatlari” haqida, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari J.Yusupov yoshlar ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishda ayollarning roli haqida va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi maktab tashkiloti yetakchisi Sh.Yakubov yoshlarga oid davlat siyosati haqida gapirdilar.
Tadbir yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶