MAKTABGAChA TAʼLIM MUASSASALARI OShPAZLARI UChUN OʻQUV-AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2018-yil 13-dekabrdagi 08-3227-sonli topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim va Sogʻliqni saqlash vazirliklarining qoʻshma qaroriga asosan joriy yilning mart oyi maktabgacha taʼlim maussasalarida “Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tumanimizda ham koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oylik doirasida shu yilning 2-mart kuni tumanimizda faoliyat yuritayotgan MTMlar oshpazlari ishtirokida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi.

Ishtirokchilar dastlab, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri Oʻ.Qoʻshnazarov, tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi boʻlimi mudirasi R.Gulmonova, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimining oziq-ovqatlar boʻyicha hisobchisi B.Erimbetovlarning kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruzalarini tingladilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Shundan soʻng tadbir tumandagi 40-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida davom etdi. Bu yerda ishtirokchilarga sifatli ovqat tayyorlash texnologiyalari, ovqatning bezatilishi, uning tarqatilishi, oshxona anjomlarini joylashtirish talablari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtildi. Tabiiyki, jarayon barcha uchun qiziqarli va taassurotlarga boy boʻldi.

Bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi meʼyorida boʻlmogʻi uning sogʻlom ovqatlanishiga koʻp jihatdan bogʻliq. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, MTMlarda “Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi” bu borada yana bir muhim qadam boʻladi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶