FAN OYLIGI DOIPASIDA “ASSALOM, MATEMATIKA!” BELLAShUVI OʻTKAZILDI
Matematika va informatika fanlari oyligi – fevral oyida Amudaryo tumanidagi 46-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarga beriladigan bilimlarni yanada chuqurlashtirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida bir qancha tadbirlar oʻtkazildi.

Ayniqsa 18-fevral kuni maktabning oliy toifali matematika fani oʻqituvchisi Muyassar Masharipova tomonidan tashkillashtirilib oʻtkazilgan “Assalom, matematika!” deb nomlangan bellashuv oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ota-onalar va pedagogik jamoa ham ishtirok etgan ushbu bellashuv tadbirida oʻquvchilar oʻzlarining chaqqonligini, topqirligini, matematika faniga boʻlgan ixloslarini yana bir bor namoyish etdilar.
6 ta shart boʻyicha oʻtkazilgan ushbu bellashuvda oʻquvchilardan Marhabo Pahimova birinchi, Yoʻldosh Erkaboyev ikkinchi va Maftuna Qodirova uchinchi oʻrinni egalladilar.
Gulnoza ABDULLAYeVA, “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶