Vazirlar Kengashi Raisi Amudaryodagi maktabga kompyuter sovgʻa qildi
Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
Beshinchi tashabbus esa xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.
Prezidentimizning mazkur tashabbuslarini hayotga tatbiq qilish borasida Amudaryo tumanida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida umumtaʼlim maktablarining kompyuterlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet bilan taʼminlanganlik holati oʻrganib chiqilib, maktablarni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
1-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev Amudaryo tumanida boʻlib, tumandagi 31-sonli maktabda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Vazirlar Kengashi Raisi maktab jamoasiga kompyuter sovgʻa qildi. Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ham maktab jamoasiga qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶