Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchilari fanlar olimpidasi gʻolibi
1-6-aprel kunlari Nukus shahrida Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari orasida fanlar olimpidasining III bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tumanimizdagi Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchilari ham faol ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi 25-yilligi koʻkrak nishoni sohibi Azimboy Safarboyev, Xushnud Chorshamov, Boburjon Yusupovlar tayyorlagan oʻquvchilaridan matematika fanidan Jahongir Yusupov 1-oʻrinni, fizika fanidan Nazokat Oʻrinboyeva 2-oʻrinni, Bekzod Fayzullayev 3-oʻrinni, Muhammad Xudoybergenov 4-oʻrinni egallab, Fanlar olimpidasining saralash bosqichiga yoʻllanma oldilar.
Gʻolib oʻquvchilarga Fanlar olimpidasining saralash bosqichida omad yor boʻlishini tilaymiz.
Dilfuza BOYJONOVA, Amudaryo qishloq xoʻjalik
kasb-hunar kolleji axborot-resurs markazi kutubxonachisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶