Jamiyat
👁 384
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovlari saylovchilar faolligida oʻtayapti
Ayni kunlarda Amudaryo tumanida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi saylovchilar – saylov yoshidagi fuqarolar vakillari faolligida oʻtmoqda.
2-may kuni Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻini va Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovlarida ham saylovchilar faol ishtirok etishib, tanlangan nomzodlar uchun yakdillik bilan ovoz berdilar.
Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan saylovda Zarifboy Allamovning nomzodi saylovchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, yigʻin raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylandi.
Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan saylovda esa 3 nafar nomzod ichidan MFYning oldingi oqsoqoli Allayor Qalandarov mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga qayta saylandi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶