Amudaryo tumanida yangi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ish boshladi
Kelajagimiz egalari boʻlgan jajji bolajonlarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olishni kengaytirishda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat muassasalar faoliyatini tashkil qilishga alohida eʼtibor berilmoqda. Bola bogʻcha yoshidanoq taʼlim-tarbiyaga jalb qilinsa, maktab taʼlimiga sifatli tayyorlansa, maktabdagi fanlarni yaxshi oʻzlashtiradi.
Ayni kunlarda tumanimizda ham bu borada koʻpgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanimizning Bosuv mahallasi hududida tadbirkor, taʼlim faxriysi Ahmad Masharipov tomonidan qurilgan, 50 nafar bolajonlarga taʼlim-tarbiya berish imkoniga ega “Bahoroy” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi shu yil 31-may kuni tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Muhtasham binoning qurilishi va jihozlanishi uchun “Oʻzsanoatqurilishbank”ning 1 mlrd. 208 million soʻm krediti va tadbirkorlarning oʻz mablagʻi, jami 1 mlrd. 623 million soʻm sarflandi. Natijada zamonaviy uslubdagi ulkan mahobatli bino qad rostladi va bu yerda bolajonlarning yayrab-quvnab oʻsishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.
“Bahoroy” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ishga tushirilishi munosabati bilan 11 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Muassasaning ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Pespublika Maktabgacha taʼlim vazirligi boʻlim mudiri Zamira Yerejepova, tuman hokimi oʻrinbosari Alisher Yoʻldoshev, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekmon Allamberganovlar soʻzga chiqib, kichkintoy bolajonlarning yaxshi taʼlim-tarbiya olishlariga munosib sharoitlarni yaratgan tadbirkor va ishbilarmon Ahmad Masharipov va unga qoʻl-qanot boʻlgan farzandlariga ulkan minnatdorchilik bildirdilar.

Tantanaga tashrif buyurgan tuman Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim boʻlimlari masʼul xodimlari, tumanimizda faoliyat yuritayotgan MTMlar mudiralari, ota-onalar muassasada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdilar.
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi “Bahoroy” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi hudud bolajonlariga 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga munosib sovgʻa boʻldi.
O.Pajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶