12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:35
Adabiyot 👁 944

EZGULIKNI MADH ETUVÇI ASAR

EZGULIKNI MADH ETUVÇI ASAR

“Mahoratli jurnalist Robiya Yöldoşevaning yangi kitobi çiqibdi. Taniqli pedagog J.Çorşamov haqida ekan”, degan xabarni eşitganimdan keyin kitobni varaqlab körganimga qadar “Robiyani bu inson haqida kitob yozişga nima undagan ekan”, degan savolga javob topişga urindim. Javob esa kitobning dastlabki sahifalaridanoq topila qoldi: “Biz fidoyilik haqida juda köp gapiramiz. Baʼzan zimmasidagi vazifasini qoyilmaqom qilib uddalagan insonlarni hamişa “fidoyi” deb ardoqlaymiz. Albatta, har qanday fidoyilikning bahosi hurmat va eʼzozda, xalq eʼtirofida. Lekin şunday fidoyilar böladiki, umrining biror lahzasini özi yoki oilasi uçun sarflaş haqida hatto öylab ham körmaydilar.

Bundaylar butun ongli hayotini xalq manfaati yölidagi xayrli işlar uçun sarflaydi. Agar taʼbir joiz bölsa, Jumamurod Çorşamov hali ösmir yoşidayoq öz “men”ini unutgan, butun umrini xalq xizmatiga bağişlagan edilar”.

Bu satrlarni javob deb bilganim va undan qoniqqanimning sababi şundaki, Robiya Yöldoşevaning özi  ham şunday insonlar  sirasiga kirişini yaxşi bilaman. Masalan, Robiyadan neça kitob naşr qildirdingiz, deb söralsa, maʼlum bir sonni aytişi mumkin, lekin köplab ijodkorlarning kitoblari uning köz nuri, qalb qöridan bahra olib dunyo yuzini körganini hisobga olsak, bu sonlar salmoğini hisob-kitob qiliş qiyin bölar edi. Öz vazifasi va oila taşvişlaridan ortib, ijodkorlarga bunday beminnat yordam körsata bilişning özi ham ana şunday fidoyilikka mansub ekanligi aniq va ravşandir.

“Ezgulik yölidagi matonat” kitobining yozilişiga ham asar qahramoni bilan muallifning qalban yaqinligi turtki bölgan deb bilaman. Öz hayoti va iş faoliyati davomida fidoyilikning yuksak namunasini körsatib ketgan Jumamurod Çorşamovday şaxslar özlari bilan bir davrda xizmat qilgan insonlar qalbida hamişa yaşaydi. Çunki muallif taʼkidlaganiday, “javohirot sandiqlari oçilib, minglab insonlar qalblarini ilm nurlari ila yoritganda, minglab insonlar hayotiga ziynat bağişlaganda xalqning minnatdor nigohlarida bu insonlar suvrati mangu muhrlanib qoldi, siyratlari esa xalqning mehr riştalari ila tutaşdi”.

Muallif asar qahramonining kasb tanlaşida ota-onasining maslahatlari alohida ahamiyat kasb etganini ham körsatib ötadi:

“Öqituvçi – kelajakka daxldor kasb egasi. Mamlakatning qanday rivojlanişi köp jihatdan taʼlim-tarbiyaga, öqituvçi şaxsiga boğliq, deyişdi ular”. Ota-onasining qançalik dono fikr bildirganlarini hozirda iqtisodi eng rivojlangan davlatlar qatorida bölgan Singapurning sobiq boş vaziri Li Kuan Yunning uşbu sözlari isbotlaydi: “Men Singapurda möʼjiza yaratmadim. Men faqat Vatanim oldidagi burçimni bajardim, xolos. Davlat byudjetini taʼlimga yönaltirdim. Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga kötardim. Davlatdagi “möʼjiza”larni qilgan insonlar – muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan, kamtar avlodni yetiştirib çiqardilar. Buning uçun ulardan minnatdormiz”.

Kitobni öqir ekanman, J.Çorşamovning ana şunday möʼjizakor muallimlarimizning dastlabki avlodiga mansub ekanligiga amin böldim.

Kitobning muvaffaqiyatli çiqişiga muallifning asar qahramoni umri böyi yozib borgan “Hayotnoma”si va dösti Kamol Niyozovning “Kundaliklar”ini sinçiklab örganib çiqişi ham salmoqli hissa bölib qöşilgan. Çunki kundalik yurituvçi inson uni boşqalar öqişi uçun möljallamagani tufayli, fikr-mulohazalarini yozib qoldiradi va nasib etib öqigan kişida kundalik yurituvçining qanday inson ekanligi haqida taassurot uyğotadi.

Men özim J.Çorşamov bilan şaxsan taniş bölmaganman, lekin 1979-80-yillarda jamoa xöjaligining yoşlar taşkilotida kotib bölib işlaganim sababli firqa taşkilotiga aʼzolikka nomzodlarni u kişi rais bölgan firqa komissiyasiga olib borişimga töğri kelardi. Ana şunda Jumamurod Çorşamovning qattiqqöl, öta işçan, intizomli, lekin adolatparvar inson ekanligiga köp bora guvoh bölganman. Kitobni öqib, bu insonning maktabdagi rahbarlik taşvişidan ortib, jamoatçilik asosida komissiya raisligidan taşqari, xalq sudi raisi, byuro aʼzosi sifatida ham faoliyat yuritganini bilganimdan keyin uning öz işiga fidoyi, balki vaqtdan naqadar unumli foydalana olişi va qançalik kuçli iroda egasi bölganiga guvoh böldim.

Maʼlum bir joyda muallif şunday bir savol qöyadi va unga javob topişga urinadi: “hozirgi paytda maktablarimizda şunday fidoyi öqituvçilar bormikan?”

Bu savolga şunday javob  bergim keladi: “bilmadim, bilmadim, borlari ham... borlari ham Jumamurod Çorşamovçalik emasdir-ov...”

Albatta, şoli kurmaksiz bölmaganiday, taşviş köpligini bahona qilib nomiga dars ötadigan muallimlar ham topiladi. Lekin tumanimiz maktablarida darsdan taşqari darslar, maşğulotlar ötkazib, şogirdlarini kamolot sari yöllayotgan öqituvçilar ham borligiga aminman.

“Ezgulik yölidagi matonat” kitobini öqigan pedagoglar orasida ularning safini töldiruvçi ustozlar bölişiga imonim komil.

Bu esa buyuk faylasuf Aristotelning uşbu sözlariga töla mos keladi:

“Bolalarni töğri tarbiyalaganlar ularni dunyoga keltirganlardan köra köproq faxrlansalar arziydi”.

Kitobni öqiş jarayonida şu narsaga amin böldimki, muallif öz kitobida, hurmatli hokimimiz S.Yöldaşev kitobga yozgan kiriş sözida taʼkidlaganiday: “özining  sinmas qatʼiyati, iroda kuçi bilan öz burçini yurakdan his etib, ezgu maqsadlari röyobi uçun intilib yaşagan Jumamurod Çorşamov hayoti davomida bunga erişgani va zimmasidagi burçini şaraf bilan ado eta olgan”ini faktlar hamda ravon til bilan ifodalab bera olgan.
Kitobning yoş pedagoglar uçun çinakam ibrat maktabi böla olişi ham ayni haqiqat.

Yana bir durdona asar paydo bölganligi bilan barça kitobxonlarni muborakbod qilaman!

Ahmad NAFASOV,
“Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026