Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi oldidan
VATANIGA SINGIB KETGAN... ŞOIR
2013-yil 27-dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nişonlaş töğrisida"gi Qarori eʼlon qilindi.
Muhammad Yusuf. U oddiy inson emasdi. Nazarimda şoirning yuragi nurdan yaralgan-u şu nur ravşanligi uning yuzida aks etib turardi. Va şu nur tafti uning şeʼrlari, hofizlar sevib ijro etguvçi qöşiqlari ila özgalar yuragini isita olardi. U kirgan, u voizlik qilgan davralarda butun böy basti, gözalligi, buyukligi bilan ona Özbekiston qad rostlardi.
Şundanmi, uning şeʼrlaridan nihoyatda uluğ, nihoyatda mukarram va muazzam bir siymo - ona Vatan, tuğilgan yurt siymosi bizga muhabbat bilan boqib turadi. Haroratli satrlar ila göyo dilimizga, yuragimizga tutaş tomirlar junbuşga keladi. Har zarra tuproği közimizga tötiyo Vatan tuyğusi ana şu tomirlar ila oqib yuragimizga jo bölganini his etamiz. Har dil özigina anglab yetişi mumkin bölgan, tilga çiqarib taʼriflay olmaydigan MILLIY ĞURUR, MILLIY ŞIJOAT tuyğusini Muhammad Yusuf ğoyatda mutaassirlik bilan şeʼriy satrlarga köçira olardi. Şuning uçundirki, şoirni şeʼriyat davralari yonib kutib olardi, sevib, ardoqlab tinglardi. Yurişturişlariga, öyçan sözlaşlariga, xazin kulişlariga, adabiyot haqida fidoyilik ila gapirişlariga, xuddi noyob musiqa yangragani kabi şeʼr öqişlariga... havas qilguvçilar, hayratlanguvçilar... hatto hasad qilguvçilar köp edi.
Men şoir bilan şaxsan taniş edim. Talabalik yillarimizda ToşDU ning turli auditoriyalarida, madaniyat saroyida, talabalar yotoqxonalarida şoir şeʼrlarini köp bora tinglaganmiz, mutolaa qilib zavqlanganmiz. Matbuot naşrlarida Muhammad Yusuf şeʼrlari çiqib qolsa, talaş bölib ketardi.
Uning möʼjazgina kitobçalarini bolişlari ostiga qöyib uxlaguvçi talaba qizlar Muhammad Yusuf şeʼrlarida çizilgan öz qişloqlari tasvirini tuşlarida körib çiqar edilar.
1983-yilning yanvari edi. Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi binosining möʼjaz va şinam majlisxonasida ajoyib bir muşoira bölgandi. Muşoirani Özbekiston xalq şoiri Abdulla Orif ğoyat çiroyli olib bordilar.Buxorolik şoira Maryamxon opa Turdiyeva (Xudo rahmat qilsin) meni bu yerga boşlab kelganlari uçun hamon u kişiga nisbatan yuragimda çuqur hurmat saqlayman. Bu kun Muhammad Yusuf bilan tanişgan, şoir suhbatidan bahramand bölgan aziz kun bölib qoldi xotiramda.
- Saida Zunnunova haqida juda çiroyli gapirdingiz, - Maryamxon opani tabrikladi Muhammad aka muşoira söngida. - Muxammasingiz esa qiyomat.
Maryamxon opam haqiqatan muşoira galida nihoyatda kamtar, nihoyatda dilbarlik bilan sözlagan, bu yerda hozir bölgan jamiki şoiru adiblar yuragiga titroq, hayajon solguvçi latif bir muxammas öqigandiki, özidan oldin minbarga çiqqan Muhammad Yusuf şeʼriyati taʼsirida çeksiz hayajon oğuşida bölgan muxlislar Maryamxon Turdiyevaning sokin ovozidan ohista tebranişib, bir neça soniya şoira Saida Zunnunovaning aziz xotiralari oğuşiga singişgandi.
- Lekin barça olqiş Sizga böldi, Muhammadjon. Siz şeʼr öqisangiz Buxoroni soğinib ketaman, - degandilar samimiyat bilan.
Navoiy köçasi böylab yayov ketayapmiz. Buxorolik şoira bilan andijonlik şoirning adabiyot haqidagi bahslari heç tugamaydigandek. Goh Maşrab, goho Bobur, goh Navoiydan ğazallar aytiladi, Nodira-yu Uvaysiy, Anbar otinu Ogahiydan söz oçişib, bahslaşişadi.
Navbat öşa paytda qölma-qöl bölib turgan Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar” romaniga kelganida Muhammad Yusuf çuqur "uf” tortib qöydilar.
- Öz millatimiz bolalari içida torlik, içi qoralik, gumrohlik bölmaganida "Tojmahal” Andijon bağrida bölarmidi? Eh, Maryamxon opa, mening yuragim oğrib ketadi şuni öylasam.
Ikkala şoir ham maʼyus tortib qoldilar. Oraga çökkan sukunatni Muhammad Yusufning ovozi nazdimda çaqinday kesib ötdi.
- Ey-y! Özbekistonni yalangoyoq kezib çiqsang, Sen - Vatanga, Vatan - Senga aylansa! Bir-biringga singişib, qorişib ketsang, çöllarida toblanib, suvlarida tozarsang!
Şoirning ovozida kuçli hayajon aralaş kuçli dard sezgandim öşanda. Bu dard - millat dardi, xalq dardi edi. Muhammad Yusuf, endi bilsam, öşa dardlarni yuragiga yozib-yozib, vujudiga siğdirolmay yaşagan ekanlar. Şuning uçun uning Vatan haqidagi şeʼrlari hammani kuylatarkan, hammani yiğlatarkan.
- Muhammad Yusuf ğoyat fidoyi şoir, - degandilar öşanda Maryamxon opam. - Bundayin yaşaş, ijod etiş hammaning ham qölidan kelavermaydi.
Keyinçalik şoir bilan juda köp şeʼriyat keçalarida hamsuhbat bölganmiz. Heç kimlarga körsatişga iymanib yurganim – şeʼriy maşqlarimni (xudo raxmat qilsin) Maryamxon opam tavsiyalari bilan ilk bora Muhammad Yusufga botinib körsatgandim. Nazarimda, şoirning şeʼrlarigina emas, aslida özi, muomalasi, odamiyligi ham nihoyatda xalqçil, nihoyatda oddiy, sodda edi.
Şoir har bitta şeʼrimga xuddi şifokor taşhis qöygani kabi "taşhis” qöygan, erinmay fikr yozib bergandilar. Saida Zunnunovaning "Ötdimi” radifli ğazaliga muxammasim Muhammad Yusufga ğoyat manzur bölgan ekanmi, muxammas ostiga "Robiyaxon, yozing, Siz bizga, xalqqa keraksiz. Sizning sözlaringizga zor insonlar köp, buni unutmang, Siz - haqiqiy şoirasiz, tabriklayman”, degan sözlarin yozib qoldirgandilar.
Öşanda özbekning yuragi, bölgan, millatning fidoyisi bölgan xalq şoiri yurak-yuragidan çiqarib menga bergan unvoni - havaskor deb emas, şoira deb tan olgani menday oddiy bir qişloq qizi uçun jamiki rasmiy unvonlardan-da uluğroq edi, nazarimda!
Muhammad Yusuf bilan oxirgi marta 1996-yilning kuzida ToşDU(hozirgi ÖzMU)ning maʼmuriy binosi oldida körişganim hamon yodimda. Özim tahsil olgan muqaddas dargohni ziyorat qilişni xuş körganim uçun har gal Toşkentga borganimda bu yerga kelmay ketolmasdim. Talabalar davrasida kelayotgan şoirni uzoqdan tanidim.
Şoirni taniganim bilan notaniş davraga suqilib kiriş odobsizlik. Ular yaqinlaşganida salom berib ötib ketmoqçi böldim. Lekin hayratlanarlisi şundaki, şoir talabalar töpidan çiqib kelib men bilan körişdilar.
- Ismingiz?!... Negadir hijolat çekkan köyi ismimni eslaşga urindilar.
- Robiya, - dedim özim ham bir oz xijolat bölib.
Qoraqalpoğiston haqida, Orol dengizi muammolari haqida ança suhbatlaşdik. Yangi şeʼriy töplamiga dastxat yozib berdilar. Esdalik uçun Universitet hovlisida suratga tuşdik..
Ming-ming afsuski, men şoirni hayotda boşqa uçratmadim. Hayot taşvişlariga ğarq bölib (balki meni ğaflat bosdimikan?) şeʼrlar, Qoraqalpoq şoirlari ijodidan tarjimalar qilib, Muhammad Yusuf bergan manzilga jönatib turiş haqidagi vaʼdalarimni unutib, adabiyot fidoyisi huzuriga borişim kerakligi haqida öylab ham körmabman. Şoirning ölimi haqidagi xabar olamga yoyilganida esa "Vataniga singib, qorişib ketgan, çöllarida toblanib, suvlarida tozargan” millatning bir yoruğ yulduzi sönganidan titrab ketdim.
Şoirini soğingan, şoirini sevgan, şoiriga suyangan xalq bölib bözladim:
Yalang oyoq, tuproqlar keçib,
Vatan, degan Orga aylanding.
Jonga jabr söroqlar içib,
El dilinda Borga aylanding.
Dunyo! Dunyo! Çarxi bevafo!
Bir yulduzni ötding-a kesib.
Andijonning qölida aso,
Bevaqt söldi Muhammad Yusuf!
Yurtning har xas, har bitta toşi,
Qömsar bugun şoir izlarin.
Ğamdan egik bir elning boşi,
Bukib yiğlar adl tizlarin.
Vatan haqda ötli bir qöşiq,
Hofizlarga etmadi nasib
Qalam sağir, qoğozlar yoziq,
Şeʼr bitmaydi Muhammad Yusuf...
Endi usiz keçadi yillar,
Yodi bilan yaşaydi Vatan,
Izlarini öpadi yöllar,
Sözlarini qömsaydi Vatan.
Yalang oyoq tuproqlar keçib,
Vatan bölgan Muhammad Yusuf!
Robiya YÖLDOŞEVA.
Muhammad Yusuf
I q r o r
O, ota makonim,
Onajon ölkam,
Özbekiston, jonim töşay soyangga.
Senday mehribon yöq,
Seningdek körkam,
Rimni alişmasman bedapoyangga.
Bir göşa suv bölsa, bir göşa qirlar,
Qança yurtni kördim, qança taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boşni tik tut deb,
Toğlaring ortimdan ergaşib yurar.
Kördim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men -
Parijning eng gözal restoranlarin,
Bitta tandiringga alişmasman men.
Na gapga könayin,
Na til bilayin,
Közdan uyqu qoçdi, dildan halovat -
Uç kunda soğinsam nima qilayin,
Çala qolar böldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan uluğim özing,
Bildimki, yaqini şu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tuğilgan qözing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan ötgan har kun bayram-bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman taʼzim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶