OʻQUVChI-YoShLAR IShTIROKIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
24-iyul kuni “Xizr eli” mahallasidagi 46-sonli maktabda “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbus” mavzusida davra suhbati oʻtkazilib, unda oʻqituvchilar va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
Davra suhbatini 46-sonli maktab direktori Bahodir Otajonov kirish soʻz bilan ochib, ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad haqida gapirdi.
Shundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasining harbiy-texnik instituti 1-bosqich kursanti Shahzodbek Yoʻldoshboyev davra suhbati kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.

Shahzodbek Yoʻldoshboyev oʻz maʼruzasi orqali oʻquvchi-yoshlarga hozirgi kunda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida keng turda maʼlumotlar berdi.
Maʼruza yoshlarda katta qiziqish uygʻotganligi bois davra suhbati savol-javoblarga boy boʻldi.
Davra suhbati yakunida oʻquvchi-yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti kursanti Shahzodbek Yoʻldoshboyevga yaxshi suhbat uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.


A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶