TAʼLIM SIFATI VA SAMARASINI OShIRISh – BUGUNNING MUHIM VAZIFASI
Qilichboy ovuli hududida joylashgan 15-sonli umumtaʼlim maktabi Amudaryo tumanidagi namunali taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. 1980-yilda qurilgan 3 qavatli ushbu shinam maktabda hozirgi kunda 1018 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishayapti.
Oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berishda faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilarning 87 nafarini oliy maʼlumotli va 3 nafarini oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlar tashkil etadi.
Maktabda fan kabinetlaridan samarali foydalanishga alohida eʼtibor berilayapti. Bu yerda tashkil etilgan 1 ta kompyuter sinfida 15 ta kompyuter mavjud boʻlib, ular “Ziyo net” tarmogʻiga ulangan.
Shuningdek, maktabda barcha turdagi toʻgaraklar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan “Yosh tilshunos” toʻgaragida oʻquvchilar chet tillarni oʻrganishga, “Yosh qalamkash” toʻgaragida ijod qilish sirlarini va yoʻllarini oʻrganishga, “Mohir qoʻllar” toʻgaragida bichish-tikish sirlarini oʻrganishga, sport toʻgaraklarida esa sportning futbol, voleybol, erkin kurash, stol tennisi va basketbol turlarini oʻrganishga erishmoqdalar.
Hozirgi kunda maktabda yoshlarni turli tanlovlarga va fan olimpiadalariga tayyorlash boʻyicha ham koʻlamli ishlar amalga oshirilayapti. Shu boisdan ham maktab oʻquvchilari turli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishib, maktablari va tumanimiz sharafini himoya qilishda oʻz iqtidorlarini namoyish etmoqdalar.
- Muhtaram Prezidentimizning shu yil 23-avgust kuni oʻtkazilgan videoselektorda taʼlim sohasini yanada rivojlantirish, ustoz – oʻqituvchilarning obroʻsini yanada oshirish haqida aytgan soʻzlari biz oʻqituvchilarni nihoyatda ruhlantirib yubordi, - deydi maktab direktori Murodjon Boltayev.
- Bunga javoban biz endilikda bir gʻayratga oʻn gʻayrat qoʻshib ishlab, oʻquvchi-yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiyamiz sifati hamda samarasini yanada oshirishga va yurtboshimizning bizga boʻlgan ishonchlarini toʻla oqlashga harakat qilamiz.
Ayni kunda 15-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilar jamoasi davlatimiz rahbarining ishonchlarini oqlash uchun har qachongidan ham samarali va fidokorona mehnat qilmoqdalar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶