Seminar-treningda xalqaro baholash dasturlari haqida maʼlumot berildi
PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan dastur sifatida oʻziga xos ahamiyatga ega. Ushbu dasturda qariyb 80 dan ortiq davlatlar ishtirok etishgan. Tadqiqot har uch yilda bir marta oʻtkaziladi va davlatlarga oʻz taʼlim tizimida kelajakda erishish koʻzda tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab olish imkoniyatini yaratib beradi.
27-sentyabr kuni 40-sonli maktabda Xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan PISA xalqaro baholash dasturi toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar berish, dastur asosida test jarayoniga qoʻyiladigan talablar bilan yosh oʻqituvchilarni toʻliq tanishtirish maqsadida seminar-trening oʻtkazildi. Unda tumandagi barcha umumtaʼlim maktablaridan jalb etilgan 240 nafar yosh mutaxassis oʻqituvchilar qatnashishdi.
Seminarda Xalq taʼlimi boʻlimi taʼlim sifati monitoringi boʻyicha bosh inspektor-metodist R.Xolmurodov trenerlik qildi va xalqaro baholash dasturlari, ularni qoʻllash boʻyicha toʻliq maʼlumotlar berdi. Shuningdek, PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlarining alohida jihatlari, ushbu dasturlar asosda oʻquvchilarning oʻz bilimlarini qoʻllay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash, muloqot qilish imkoniyatlari koʻrib chiqilishi haqida gapirdi. Undan tashqari, PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study - xalqaro oʻqish savodxonligini oʻrganishdagi yuksalish) - xalqaro baholash tizimi va bu sinovning har 5-yilda bir marta oʻtkazishga moʻljallanganligi, eng soʻnggi 2016-yildagi tadqiqot natijalariga koʻra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilayotganligi haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
Seminar-trening ishtirokchilari xalqaro baholash dasturlari va ularni taʼlimda qoʻllash boʻyicha keng tushunchaga ega boʻldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶