30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:14
Fan va taʼlim 👁 610

“PISA xalqaro baholash dasturida ham muvaffaqiyatli ishtirok etamiz!”

“PISA xalqaro baholash dasturida  ham muvaffaqiyatli ishtirok etamiz!”

Maktab — yosh avlodga taʼlim va tarbiya beriladigan qutlugʻ dargohdir. Bu maskanda yoshlar ongiga dastlabki bilim asoslari singdiriladi, tafakkuri boyitiladi. Shu bilan birga dunyoqarashi kengaytirilib, milliy-maʼnaviy qadriyatlar ham shakllantirilib boriladi.

Taʼlim muassasalari orasida yetakchilar qatorida kelayotgan tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻquvchilarga sifatli taʼlim berilishi uchun yetarli sharoit yaratilgan. Ayni paytda muassasada tahsil olayotgan 1300 nafarga yaqin oʻquvchiga 98 nafar oʻqituvchi taʼlim berib kelmoqda. Oʻqituvchilarning 7 nafari oliy toifali, 17 nafari birinchi toifali, 24 nafari ikkinchi toifali, 50 nafari esa mutaxassis-pedagoglar hisoblanadi. Ulardan 1 nafari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoniga, 2 nafari “Oʻzbekiston Xalq taʼlimi aʼlochisi” va 4 nafari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlariga ega.

Oʻtgan 2018-2019 oʻquv yili maktab pedagogika jamoasi uchun yutuqlarga boy yil boʻldi – 11 nafar oʻquvchi fanlar olimpiadasining tuman bosqichi gʻolibligini qoʻlga kiritishdi. Ular orasida 9-sinf oʻquvchisi Anora Gʻulomovaning biologiya fanidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida faxrli 1-oʻrinni egallaganini alohida eʼtirof etish darkor.

Bilimlar bellashuvining hududiy va tuman bosqichlarida ham 40-sonli maktab oʻquvchilari faol qatnashdilar. Jamoa sharafini himoya qilgan 31 nafar oʻquvchi 2244 ball toʻplab, oʻrtacha samaradorlik boʻyicha tuman maktablari orasida peshqadamlik qildilar.

Ulardan 8-sinf oʻquvchilari Shohruh Yoʻldoshev matematika fanidan, Lobar Yoʻldosheva ona tili va adabiyoti fanidan, Charos Reyimova rus tili fanidan, Goʻzaloy Saburova biologiya fanidan tumanda 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldilar. Maktabning faol va iqtidorli oʻquvchilari “Yosh kitobxonlar” koʻrik-tanlovining tuman, Qoraqalpogʻiston bosqichi gʻolibi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida qatnashishdi hamda “Eng ijodkor jamoa” sifatida eʼtirof etildilar. “Huquq bilimdonlari” koʻrik-tanlovida ham oʻquvchilar tumanda birinchi, hududiy bosqichda ikkinchi oʻrinni egalladilar.

Oʻtgan oʻquv yilida maktabning 9-sinfida tahsil olgan Shohruh Yoʻldoshev, 7-sinfida oʻqigan Abror Shukurullayevlar sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, Qoraqalpogʻistondagi Prezident maktabiga qabul qilindi. Shu qatori maktab jamoasi turli sport musobaqalarida katta yutuqlarni qoʻlga kiritib kelayotgan Aziza Oʻrinboyeva, Amirbek Gʻafforov, Jonibek Gʻafforov, Sevinchoy Safarboyeva, Gulsevar Safarboyeva kabi sportchi, chempion oʻquvchilari bilan ham faxrlanishadi.

– Maktabimiz taʼlim sifati koʻrsatkichlariga koʻra, doim oldingilar safida kelmoqda, – deya iftixor bilan soʻzlaydi maktab direktori, Qoraqalpogʻiston xalq oʻqituvchisi Sanobar Xoʻjamurodova. – Bu yil ham yuqori ball bilan tumanda birinchi oʻrinni egalladik. Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan oʻtkazilgan sinov-larga koʻra, maktabimiz Qoraqalpogʻistonda 77 ta maktab orasidan 5-oʻringa, Oʻzbekistonda esa 956 ta maktab ichida 207-oʻringa oʻtishga muvaffaq boʻldi. Mazkur oʻquv yilida ham katta marralarni koʻzlab, olgʻa qadam tashlashda davom etamiz.

Maktabdagi oʻqituvchilarning barchasi oʻquvchilarning bilimlarini oshirishda, qobiliyatlarini rivojlantirishda bor kuch va mahoratlarini safarbar qilib kelishmoqda.

Oʻqituvchilarning jamiyat oldidagi masʼuliyati ulkan. Muallimlar buni chuqur his qilgan holda oʻz vazifalarini fidoyilik va sharaf bilan ado etishadi. Bu ulugʻ zotlarning mashaqqatli, ammo sharafli mehnati yuksak ehtiromga loyiq. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash yoʻlida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarni har qancha ardoqlasak, qadrlasak arziydi. Zero, har bir inson qalbida oʻzini bilim dunyosi sari boshlagan, tafakkurini boyitib, dunyoqarashini kengaytirgan, oʻzligini tanitib, saodatga yetaklagan ulugʻ insonga ehtirom tuygʻusi bilan yashaydi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026