28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:42
Jamiyat 👁 8,392

ShAYX JALIL BOBO HAQIDA BILAMIZMI?

ShAYX JALIL BOBO HAQIDA BILAMIZMI?

Gʻ.Xoʻjaniyozov, J.Oʻrozimbetovlarning "Nazarxon” asaridan olindi.

Qoraqalpoqchadan Robiya YOʻLDOShEVA tarjimasi.

Shayx Jalil bobo qabristoni Amudaryo boʻyida joylashgan eng qadimiy manzillardan biri sanaladi. Bu yer qoraqalpogʻistonliklardan tashqari Xorazm viloyati hamda qardosh Turkmaniston Respublikasining Toshovuz viloyatlari aholisi uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi. 1990-yildan beri bu yerda qabriston shayxi sifatida diniy-maʼrifiy faoliyat yuritib kelayotgan Endir Yoqubovning bergan maʼlumotlariga koʻra, 2004 yilning noyabr oyidan eʼtiboran Shayx Jalil bobo qabri ustiga yangidan gumbaz qurilishi ishlari boshlangan. Ushbu xayrli ishning tashkilotchisi Amudaryo tumanidagi sobiq Krupskaya nomli kolxoz (hozirgi "Zarbdor” MMTP hududi)da yashovchi Ollombergan ismli tadbirkor boʻlib, jamiki qurilish ishlariga Odil Polvon ismli kishi boshchilik qilgan. Oʻzini Shoʻroxonga asos solgan afsonaviy Er Shoʻra botir avlodidanman, deb tanishtirgan suhbatdoshimiz Odil Polvon oʻz shajarasini quyidagicha tartibda sanab berdi: Odil Abdal surnaychi (1889-1982) – Polvon chunoq (oqsoq) – Kamol biy mulla Rajab – Matniyoz biy Bekish Dargʻa – Eson Omon Tubonak – Abjiqboy – Er Shoʻra botir – Nomusboy.

Uning bobolaridan biri Rajabboy Tosh madrasada tahsil olgan hamda shu yerda masjid qurib, bolalarga saboq bergan. Hozirgi kunda qabristonning qoq markazida saqlanib qolgan masjid qoldiqlari Odil Polvonning aytishicha, oʻsha Rajabboy bobosi qurgan masjid boʻlishi ehtimol. Masjidning mehrob joylashgan namozxonasi bilan uning yonginasidagi bir xonaninggina devorlari saqlanib qolgan. Boshqa xonalar esa buzilib ketgan. Masjid atrofiga mayyitlar qoʻyilib, bu manzil vaqt oʻtishi bilan qabristonga aylanib ketgan.

Suhbatdoshimiz Odil Polvonning maʼlumotlariga qaraganda, Shayx Jalil – uch ogʻayni yigitlar boʻlishgan. Ulardan eng kattasining ismi Muhiddin (Shirjamol), ikkinchisi Nuriddin (Jalil), uchinchisi Vali, otalarining ismi esa Jayhun boʻlgan. Bu yerlar nihoyatda fayzli, nabotot olami keng va goʻzal boʻlganligi boisidan Xiva xonlari tez-tez shikorga kelib turishgan.

XVIII asrning oxirlarida qozoq millatining kichik juz urugʻidan boʻlgan atoqli Ayteke biydan keyin biylik darajasiga erishgan Dat oʻgʻli Sirim botir taqdir taqozosi bilan Nazarxon elatiga  kelib qazo qiladi va Shayx Jalil bobo qabristoniga dafn etiladi.

Qabriston Xoʻjakoʻlning Amudaryodan suv oladigan sogʻasiga yaqin, Qoratogʻ bagʻrida joylashgan. Shayx Jalil bobo haqida mahalliy xalq orasida turli afsonalar tarqalgan. Nima boʻlganda ham har qanday afsona ortida maʼlum maʼnoda tarixiy haqiqat boʻladi.

 

Shayx Jalil bobo afsonasi

Markaziy Osiyo xalqlari orasida islom dini qonunlari oʻrnatilayotgan dastlabki yillarda har bir qalʼa oʻz hukmdoriga ega boʻlgan. Oʻsha davrdagi Buxoro hukmdori Zol islom dinini qabul qilishdan bosh tortadi va islom dinini targʻib qilish uchun kelgan arablarga qattiq qarshilik koʻrsatadi. Urush jarayonida u arablarga qarshi oʻzining kuchli azayimxonligidan foydalanib duo bilan hiyla va nayrang ishlatadi. Hazrat Ali oʻz lashkarlari bilan Buxoro qoʻrgʻonining darvozasini buzib, qalʼa ichkarisiga kiradi va darvozani qoʻriqlashni avval Muhammad (s.a.v) paygʻambarning koʻshkini koʻtarib yuruvchi boʻlimning boshligʻi vazifasini bajargan Shayx Jalil boboga topshiradi va: "darvozadan hech bir tirik jonni chiqarib yuborma”, deb tayinlaydi. Qalʼa ichkarisida qarshilik koʻrsatgan olomonni yengib, Buxoro xalqini taslim qilgan Hazrat Ali hech qayerdan Zolni topa olmaydi va darvoza oldiga kelib uning:

- Qalʼadan hech kim chiqib ketmadimi? – degan savoliga Shayx Jalil bobo shunday javob beradi:

- Bitta qora mushuk chopib chiqib ketganini hisobga olmaganda bironta ham tirik jon bu yerdan chiqqani yoʻq.

Buxoro hukmdori Zolning oʻtkir azayimxon ekanligini avvaldan bilgan Hazrat Alining qahri kelib Shayx Jalil boboning boshiga qilich solib yuboradi. Boboning chala kesilgan boshi bilan qonga boʻyalgan tanasi Amudaryoga qulab tushadi va daryoning kuchli toʻlqinlari bilan oqib Qoratogʻ hamda Jumurtov oraligʻidagi daryoning tor qismiga, Xoʻjakoʻl sogʻasidagi qayrga kelib qoladi. Voqeadan bexabar yerlik aholi boboning tanasi – mayyitni yuvib-tozalab Qoratogʻ bagʻriga dafn etishadi. Keyinchalik bu yerga dafn etilgan mayyitning Shayx Jalil bobo ekanligi maʼlum boʻlgach, bu yer oʻz eʼtiqodiga sodiq islom dinining targʻibotchilaridan biri dafn etilgan makon sifatida butun Turon davlati xalqlarining muqaddas qadamjolaridan biriga aylanadi.

Shayx Jalil - tarixiy shaxs

Haqiqatan ham Shayx Jalil tarixiy shaxs. Akademik Yahyo Gʻulomovning ilmiy xulosalariga koʻra, u soʻfizm taʼlimotining Yassaviylar oqimiga asos solgan tasavvuf ulamolaridan biri Jalol bobo bilan  aloqador boʻlgan. Jalol bobo, XIX asrda tuzilgan Zangi ota shayxlarining shajarasida Amudaryo boʻyida dafn etilganligi qayd etilgan. Jalol bobo haqida XIX asrda yashab oʻtgan Xorazm tarixchilaridan biri Bayoniy ham qimmatli maʼlumotlar yozib  qoldirgan (Ya.Gʻulomov, 1959, 23-bet). Buxoroga oid ayrim tarixiy manbalarda, Shayx Jalil ismli shaxs X asrda ham boʻlganligi qayd etiladi. Ushbu manbalarda yozilishicha: "Vazirdan ham kattaroq hurmatga ega olim odam boʻlgan va uni "Shayx Jalil”, Yaʼni, "Ulugʻ Ustoz” nomi bilan atashgan. Bu Ulugʻ Ustoz, ayrim manbalarning guvohlik berishicha, "hijriy 356 (996) yilda olamdan oʻtgan” (Odam Mets. 1973, 161-bet). Umuman olganda Shayx Jalil bobo qabri joylashgan manzil eramizdan avvalgi IV-III asrlardan to eramizning XIV asriga qadar, hatto hozirgi davrimizda ham muqaddas qadamjolardan biri sifatida qadrlidir.

 

Oʻziga xos arxeologik kompleks

Mazkur qadamjo ulkan bir kompleksdan iborat boʻlib, uning tarkibida bir nechta arxeologik inshootlar mavjudki, bu inshootlar oʻziga xos arxeologik-tarixiy ansambl koʻrinishiga ega: Shayx Jalil bobo gumbazi  (qabrjoy, tilovatxona), Hovuz, Chinor, Buloq, Xumdon (xumbuz), Chillaxona, Jiydali buloq, Kiyik sogʻgan, Chiviqli, Munojot tepa va boshqalar.

Shayx Jalil boboning dastlabki gumbazi xom va pishiq gʻishtlardan qurilgan boʻlib, gumbazning orqa tarafida hovuz joylashgan. Hovuz chekkasida yuz yillarga guvoh boʻlib gujum daraxti oʻsgan. Ikkinchi jahon urushidan oldin yuz bergan suv toshqinlari oqibatida bu arxeologik kompleksga jiddiy talafot yetgan, boboning qabri qarovsiz holatga kelib qolgan. Uzoq yillar davom etgan sovetlarning maʼnaviyatga, tarixga eʼtiborsizlik kabi manfur siyosati tufayli bu makon tamoman xaroba holatga kelib qolgan. Allohga ming shukrki, istiqlol tufayli, 2004-yilning noyabr oyidan boshlab yuqorida aytganimizday, yaxshi insonlarning sharofati bilan bu muqaddas ziyoratgohni qayta tiklash, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Boboning bulogʻi gumbazning janubiy-sharqiy qismida, togʻ etagida joylashgan. Hozirgi vaqtda buloq suvi biroz tortilgan boʻlsa-da, qadamjoga kelgan ziyoratchilarni bemalol taʼminlay oladi. Buloqning shundoq yonginasida ikkita qabr boʻlib, ulardan biri, bizga berilgan maʼlumotlarga qaraganda, "buloqdan suv olgani kelganlar duoi-fotiha qilishar”, degan maqsadda dafn etilgan Matyoqub Masharif oʻgʻli ismli shaxsga tegishli.

Buloq atrofida antik davrlarga oid kulolchilik idishlarining boʻlaklari sochilib yotganiga qaraganda buloq suvi juda uzoq zamonlardan beri bu yerga kelguvchilar uchun obi-hayot manbai boʻlib kelganligidan dalolat beradi.

Buloqning gʻarb tomonida esa oʻrta asrlarga tegishli kulolchilik Xumdon (xumbuz)lari joylashgan. Xiva xonligiga tegishli barcha minora va saroylarni bezab turgan bezak-naqshlar, ziyoratgoh shayxlarining aytishiga qaraganda, dastlab shu yerda tayyorlangan. Haqiqatan ham bu kulolchilik xumdonlaridan oʻrta asrlarda keng foydalanilgan.

Buloqdan yuz metrlar chamasi janubiy-sharqda, atrofi togʻ toshlari bilan ihota qilingan qabr joylashgan. Balandligi bir metrdan oshiqroq boʻlgan toshqoʻrgʻonli bu qabr, qabriston shayxlarining aytishicha, sovet davrida yashagan kom-somol faoli Xidirboyga tegishli ekan. Oʻz davrining siyosatiga koʻra, koʻplab  qatagʻon ishlarda ishtirok etgan bu shaxsga ham Alloh ushbu makondan joy bergan. Shayx Jalil bobo ham xuddi shu makonda tosh boʻron qilib oʻldirilgan. Uning tanasi togʻdan qor-yomgʻir erib, oqib tushadigan soyga dafn etilganligi bois, boboning oʻlimini sayil hamda sel bilan bogʻliq hisoblashgan. Yaʼni, bu bilan uning gunoh ishlari doimiy ravishda sel bilan yuvilib turadi, degan maqsadda mayyitni sel oqadigan soyga dafn etishgan.

Togʻ qirining shimoliy-sharq tarafida oʻyib ishlangan Chillaxona  joylashgan. U 3X3 metr chamasidagi  kattaligi  ikki metr oʻttiz santimetrdan iborat bir xonali kichik hujrani eslatadi. Chillaxona oʻrta asrlarga tegishli boʻlishiga qaramasdan, bir necha marta restavratsiya qilingani uchunmi, hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.

Jiydali buloqning shimol tomonida, togʻ ichkarisida, bir qarashda kichikroq yana bir chillaxona joylashgan.

Jiydali buloq Chillaxonadan shimoliy-gʻarb tarafda joylashgan boʻlib, avvallari bu yerda yetti tup jiyda daraxtlari oʻsib turgan. Hozirgi kunda bu yerda faqat bir tupgina jiyda daraxti saqlanib qolgan. U  ham boʻlsa, yovvoyi jigildak-jiyda daraxti, qandaydir moʻʼjiza bilan togʻ toshlari orasidan yoʻl topib, oʻsib turibdi. Jiyda daraxti oʻsib turgan yerdan sal balandroqdagi buloq ustiga qulab tushgan  toshlar uning koʻzini bekitib tashlagan boʻlsa-da buloq hamon tashna koʻngillarga oʻz obi-hayoti bilan malham vazifasini oʻtaydi. Va bir tupgina  jiyda daraxtiga hayot baxsh etib keladi.

"Jiydali” nomi bilan bogʻliq boshqa makonlar

"Jiydali” toponimi qoraqalpoq tarixida alohida oʻrin egallaydi va bu  nom bilan bogʻliq joy va makonlar koʻp uchraydi. Taniqli  etnograf olim X.Yesbergenovning aniqlashicha, Boysun atamasi  mohiyatan Xorazm, Fargʻona, Buxoro qoraqalpoqlari va Samarqand oʻzbek-qoraqalpoqlari orasida tarqalgan (Yesbergenov, Xoshniyozov, 1998, 18-19-betlar). Boysun elati Orol dengizi boʻylarida yashaganligi hamda ularga Fasil ismli shaxs podshoh boʻlganligi haqida afsonalar bor (Tolstov, 1948, 22-bet, Yesbergenov, Xoshniyozov, 1998, 18-bet). Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida "Jiydali” nomi bilan yuqorida tilga olganimizday, buloq, shuningdek "Jiydali Boysun” kabi joy nomlari koʻplab uchraydi. Masalan:

Uyshun Qoʻngʻirot elida, Jiydali Boysun shaharida.

(Yesbergenov, Xoshniyozov, 1988, 17-18-betlar).

Taxtakoʻpirlik fuqaro Qozoqboy Qayipov L.S.Tolstova bilan A.Oʻtemisovlarga quyidagicha maʼlumot beradi: "Orol dengizining boʻyida, "Boysun kozak” degan jarlikning yonida joylashgan "Jiydali” degan koʻl bor edi. Shu tufayli bu yerlarni "Jiydali Boysun” deb atashgan. Boysun bizning  ovuldan 30 chaqirim olisda, Beltovning etagida, dengiz boʻyida joylashgan”.

Bu Jiydali makoni, ilmiy izlanuvchilarning taʼkidlashicha, rus olimi A.V.Kaulbarsning xaritasida ham koʻrsatilgan. Jiydali Boysun elati, X.Yesbergenov va J.Xoshniyozovlarning aniqlik kiritishlaricha, antik davrlardan Orol dengizi boʻylarida joylashgan. Surxondaryo viloyatidagi Boysun esa XIX asrda Orol dengizi boʻylaridan koʻchgan qabilalar yashagan joy nomlari atamasini oʻzlari bilan birga olib oʻtganlaridan dalolat beradi. (Yesbergenov, Xoshniyozov, 1988, 141-bet).

Anbar ena izi qolgan makon

Shayx Jalil bobo kompleksidagi obʼektlardan yana biri Anbar ena nomi bilan bogʻlanadi. Anbar ena bir vaqtlar Amudaryo boʻyidagi ushbu makonda yashagan. U haqda oʻtgan asrning elliginchi yillarida shu yerda etnografik izlanishlar olib borgan olim G.P.Snesarev tomonidan qiziqarli maʼlumotlar yozib olingan. Uning taʼkidlashicha, bu yerdagi Kiyik sogʻgan va Chiviqli kabi atamadagi joylar Anbar ena nomi bilan bogʻliq qadamjolar hisoblanadi. Rivoyatlarga koʻra Jiydali buloqdan ham ancha yuqoriroqda, eng baland siriq (xoda) turgan joyda Anbar ena yovvoyi echkini sogʻib olar ekan. Umuman olganda, Anbar ena nomi bilan bogʻliq karomatli, ilohiy joylar Amudaryoning ikki qirgʻogʻida ham koʻplab uchraydi. (Snesarev, 1973, 112-bet).

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026