Töylar haqida öylar: Tahlil. Tanqid. Taklif
MEʼYoR UNUTILGAN
JOYDA TARTIB BUZILADI
Töy. Bu sözning
zamirida xalqimizning eng şirin orzu-umidlari mujassam. Har birimiz uçun bu söz
aziz, şu söz bilan boğliq umidlar, işonç va qatʼiyatlar muqaddas. Şuning uçun ham muqaddaski, aynan şu kuni ota-ona öz
farzandining kamoliga, orzu-havasiga yetişadi. Bir-biriga talpingan ikki köngil oila deb atalgan muqaddas
dargohga juftlaşib qadam qöyadilar,
qalblaridagi bir-biriga işonç, qatʼiyat qarşisida tiz çökib, ham şarʼiy ham
rasmiy nikohlanadilar. Eng yaxşi neʼmatlarni töy dasturxoniga qöyamiz, eng
çiroyli liboslarimizni şu kuni – töyda kiyamiz. Mehmonlar qadamiga jonlik
söyilib, doşqozonlarda şirin taomlar pişiriladi, şu qutluğ kunga atab yangi uy
jihozlari sotib olinadi, uylarimizga yangi gilamlar töşaladi. Xullas, töy kuni
jamiki ezgu orzu-havaslarimiz tantana qiladi.
Şuning uçun ham
keksalarimiz har doim duoga qöl oçganlarida: topgan-tutganing töyga buyursin,
har kimni töylarga yetkazsin, - deya uluğ niyat qiladilar.
Mamlakatimizda
xalqimizning maʼnaviy qadriyatlari, orzu-umidlariga qiyosan har yilga ezgu bir
nom berilişida ham hikmat bor. 2012-yilning "Mustahkam oila yili” deb nomlanişi
yoş oilalarning moddiy farovonligi, maʼnaviy kamolotiga işora bölsa, 2013-yilning
«Obod turmuş yili» deb atalişi millatimizga xos gözal anʼanalar yanada takomillaşgan,
qadriyatlar qadr topgan oilalarning obodon, tökis hayotini taʼminlaşga qaratilgan
uluğvor rejalar, yilimizga monand Dastur işlab çiqilib, hayotga tatbiq
etilayotgani bilan har birimiz uçun azizdir.
"Obod turmuş
yili” Davlat Dasturiga muvofiq turmuş qurayotgan yoş oilalarni qöllab-quvvatlaşga
alohida eʼtibor qaratiladi. Töy esa yoşlarimiz uçun mustaqil hayotning gözal
ostonasi. Bu kun har bir qalb uçun aziz, muqaddas. Ammo ana şu töyning ham asrlar
davomida şakllangan öz qonun-qoidalari bor. Millatimizga xos bölgan tutumlar,
udum va urf-odatlarni köpni körgan keksalarimiz juda yaxşi biladilar. Çunki ular
töyga tadorik körişda meʼyorga rioya etganlar, isrofgarçilikdan tiyilganlar. Ayniqsa, kelin tuşirişda meʼyor,
tejamkorlik keksa avlod vakillari uçun eng maqbul taomil hisoblanadi. Ana şu
taomil asosida fayzli ötgan töy nihoyatda badastir, gözal udumlarimiz, mumtoz
maʼnaviy qadriyatlarimizning namoyişiga aylanadi. Ikki yoş keksalarning oq
fotihasi bilan oila ostonasiga qadam qöyadilar.
Yaqin-yaqinlargaça
tumanimizda kelin töylari boşqa viloyat
va tumanlardagiga nisbatan ança fayzli, ibrat tamoyillari asosida ötkazilardi. Ortiqça dabdabalarsiz, ovoz
kuçaytirgiçlarsiz, quda-qudağaylarning kelişuvlari asosida ötgan töylardan
olam-olam taassurotlar qolardi qalbimizda. Ayniqsa, ikki tomon kelişuvi asosida
ikki yoşga qilinadigan sarpo-suruqlarning milliy mentalitetimizga uyğunligi köngillarga manzur edi. "Kelin salom”,
"kelin körar”, "iş buyurar” kabi töy kungi va töydan keyingi udumlar nihoyatda
çiroyli, ixçam ötkazilardi. Töydan bir kun oldin ötkaziladigan qiz yiğinlari
xuddi Abdulla Qodiriy tasvirlagan Kumuşbibining qiz yiğiniga monand bölardi.
Kelin bölmişning dugonalari yiğilib, qoşlariga ösma, qöllariga xina qöyişardi.
Raqsga tuşib, qöşiq va laparlar, aytişuvlar aytib, şeʼrxonliklar qilişardi.
Hatto öz orzularini kiçik-kiçik sahna körinişi tarzida namoyiş etib, kelin
qizning könglini kötarişga harakat qilib, özlari ham töy bahona oçilib-soçilib,
yayraşardi. Bunday töylarni katta yoşdagi
onaxonlarimiz, akaxonlarimiz hamon soğinç bilan eslaydilar. Boisi, çiroyli
ötgan bunday töylar ular uçun öz umrlarining gözal manziliga aylanib, xotira közgusida nurafşon kun sifatida
muhrlanib qolgan. Bugungi töylarimiz-çi? Bugungi töylarimiz otçoparda ot
surayotgan çavandozlarning poygasini eslatmaydimi? Afsuski, köpçilikning dilini
xufton qilib, asabini egovlaydigan holatlar tölib-toşib yotibdi bugungi
töylarimizda. Asosan barçamiz uçun oddiy narsadek tuyuladigan töyga sanʼatkor
çorlaş masalasi aslida bugungi töylarimizdagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Nega desangiz, bir neça yillab
töyiga tadorik körgan odam öz xonadonida ötkaziladigan tantanani öziga maʼqul
va maqbul kunga belgilaş imkoniyatidan mahrum. Ha, xuddi şunday! Töy kunini
töyga taklif qilinadigan sanʼatkor "belgilaydi”. Sanʼatkorning böş vaqtlaridan kelib
çiqib töy kuni belgilanadi. Taassuflar
bölsinki, baʼzan sanʼatkorning javobini, töğriroği, "böş kuni”ni kutib, reja
qilingan töy vaqti bir-ikki kunga, hatto bir haftaga çözilib ketadi. Töy egasi:
"bor-yey”, deb töyiga boşqa sanʼatkorni çorlay olmaydi. Sababi, boşqalari ham
"band bölişadi” yoki yoşlar elda "yurib turgani”dan boşqasini xohlaşmaydi. Töy esa
istang-istamang sanʼatkor belgilagan kungaça surilaveradi, töy egasi
sanʼatkorning javobini kutaveradi. Sanʼatkor esa ozgina nafsini tiyib, töyçini
xursand qilişni xayoliga ham keltirmaydi.
Bu ham mayli,
falon ming söm pul evaziga, öz "qadrini
oşirib” töy kunini özi belgilab, xizmatga bel boğlagan sanʼatkorning heç jonini
qiynamay, "toqqa çiqmay dölana terib” ketişiga nima deysiz? Qöşiqlarni bemalol
fonogramma orqali "ijro etib”, davrani "qasir-qusur”, "bang-bung”, "gup-gup”larga
töldirib bergan sanʼatkorning audio tasmadan nima farqi bor?
Töylarimizdagi
yana bir köngilni xira qiladigan narsa bu – yoşlarimizning "töy sayri”
marosimidir. Avvalo şuni ming istihola bilan aytmoqçimizki, yoşlarimiz tomonidan
"gulyanka” deb atalayotgan bu marosim hayotimizga qanday kirib kelgani haqida heç
kim tugal bir fikr ayta olmaydi.
Xöş, bunday
marosim avval ham töylarimizda bor edimi yoki ovröpaça töylarga taqlidan paydo bölganmi?
Keksa avlod
vakillarining eʼtirof etişlariça bunday marosim avval ham bölgan, lekin
boşqaçaroq, hatto yaqin-yaqinlarda ham bu çiroyli udum nikoh töylarimizga özgaça
fayz, yoş-u qariga birday xuşnudlik bağişlagan. Bu marosim hozirgi körinişdan
mutlaqo boşqaça, milliy urf-odatlarga mos ravişda bölgan. Yaʼni, avvallari kelin
aravada, keyinçalik maşinada yangalari va dugonalari qurşovida uzatib borilgan.
Yöl böyi baxt va muhabbatni, gözal
hayotni madh etuvçi qöşiq va laparlar kuylangan.
Afsus va
nadomatlar bölsinki, agar bugungi töylarimizda yoşlarimiz "gulyanka” deb ataşayotgan
marosimni yuqoridagi kabi töy sayli deydigan bölsak, bu "sayl”ning
turgan-bitgani ğalvadan boşqa narsa emas. Agar bu marosimni yoşlarimiz rus
millatidan özlaştirgan bölsalar kerak, degan fikrga borsak taassufki, rus
tilida "gulyanka” termini kiçkina ziyofat, ötiriş maʼnosini anglatadi. Bundan
körinib turibdiki, ruslarda töy sayli "gulyanka” deyilmaydi. Ularda bizdagi "gulyanka”
kabi tartibsiz sayrning özi ham yöq. Qolaversa, rus tilidagi "gulyat” – sayr
qilmoq maʼnosidagi sözdan "gulyanka” termini, töğriroği, tumanimiz lahjasida töy
marosimi uçun jargon söz yaratilgan deyişga esa heç bir asos yöq. Çunki ruslarning özlari töy marosimlarida "gulyanka”
degan atamadan umuman foydalanişmaydi. Töy saylida bizning yoşlarga öxşab
ivirsib yurişmaydi. Töylarimizga bölsa-bölmasa har xil bölmağur odatlarni tiqiştiriş
şartmi? Binobarin aynan ana şu "gulyanka”lar köpçilik töylarimizda har xil mojarolar
va janjallarning çiqişiga sababçi bölmoqda.
Barçamiz yaxşi bilamiz, 1998-yilda
Prezidentimizning töy va marosimlarni ötkaziş bilan boğliq Farmoni, Özbekiston
musulmonlari idorasi tomonidan "Töy, marosim va maʼrakalarni meʼyorida ötkaziş
haqida”gi Fatvo va tuman hokimining "Tumanda aholi tinçligini saqlaş, töy va
boşqa marosimlarni ötkaziş tartibi töğrisida”gi qarori matbuotda eʼlon qilindi.
Uşbu muhim hujjatlarda töy, marosimlarni
tartibli, ortiqça çiqim va dabdabalarsiz ötkaziş, atrofdagi odamlar hol-ahvolini hisobga oliş, özini köz-köz
qiliş, şuxratparastlik va manmanlik holatlariga barham beriş borasida zarur
qoidalar, yöl-yöriqlar körsatilib, vazifalar belgilab berildi. Öşa yillari
tumanimizda töy va boşqa marosimlarni ötkaziş borasida ança ibratga loyiq işlar
amalga oşirilgan edi. Qiz yiğinlari, kelin va sunnat töylari ança ixçam, ortiqça dabdababozlikdan xoli
ötkazilişiga erişilgandi. Ammo...
Fuqarolar
yiğinlari raislari va maslahatçilar, xalq nazaridagi mutasaddi rahbarlar bizni
maʼzur tutsinlar-u keyingi yillarda töylarimizda bir-birovni mensimaslik,
isrofgarçilik, yuqorida tilga olganimiz "gulyanka”lar sabab bölmağur janjallaşişlar, avtohalokatlar
sodir bölmoqda. Vaholanki, 2010-yilning 6-yanvar sanasida "Tumanda aholi
tinçligini saqlaş, töy, maʼraka, oilaviy tadbirlar va boşqa marosimlarni
ötkazişni tartibga soliş töğrisida”
tuman hokimining Farmoyişi qabul qilinib, uşbu hujjatda tumandagi barça özini-özi boşqariş organlari rahbarlari
uçun mavjud muammolarni hal etiş borasida zarur körsatmalar berildi.
Ajablanarlisi
şundaki, özini-özi boşqariş organlari rahbarlari uşbu körsatmalar böyiça bir-ikki oygina işga "jiddiy”
kirişib ketdilaru, belgilab berilgan qoidalarga rioya etib, vazifalarini
bajargan bölişdi, xolos. Yuqoridagi farmoyişga muvofiq töylar (ayniqsa, kelin
töylari) har qanday dabdabadan xoli, töy sayri uçun faqat ikkita maşina
ajratilib, qiz yiğinlari ixçam, faqat kelinning dugonalari iştrokida ötkazilişi,
bölğusi kelinpoşşalar nikoh libosini ijaraga olib emas, özlari uçun yangidan tikdirib,
milliylikni saqlagan holda kiyinişlari körsatilgandi. Hali aytganimizday,
fuqarolar yiğinlari rahbarlari yelib-yugurgan bölişib, barça işni nomigagina yölga
qöydilar, xolos. Yuqoridan körsatma olib işlaşga örgangan, töğriroği, özlari mustaqil
iş qilişga jurʼatsiz oqsoqollar bu boradagi talab qilingan tartib-qoidalarni
allaqaçon unutib yuborişgan, deyişga aosimiz bor. Marhamat!
Faqat 2010-2011
yillar davomida hamda 2013-yilning yanvar oyida tumanimizda ötkazilgan kelin
töylari (faqat kelin töylari)da röy bergan tartibsizliklardan önlab kişilar
jabr körib, hatto bir neça kişi vafot etganligini afsuski, qayd etmay öta
olmaymiz. Töylar bilan boğliq tartibsizliklar, huquqbuzarlik holatlari, hatto
jinoiy javobgarlik bilan boğliq xunuk holatlar Qiliçboy hamda Qipçoq ovullarining
markazlarida, Dörman ovulida köproq qayd etilayotgani açinarlidir. Xususan,
Qipçoq ovulida yaşovçi fuqaro Sardor Matnazarov 2012-yilning 23-mart kuni
"gulyanka” paytida aslida akasiga tegişli bölgan avtomaşinani boşqarib borayotib,
"Tölqin” ovulida yaşovçi Rasul Jumaniyozovni urib yuborgan. Natijada Rasulbek oğir
tan jarohati olib tuman kasalxonasiga tuşgan. Xuddi şunday avtohalokatni sodir
etgan manğitlik Rasul Ibodullayevning aybi bilan Gulmira Dösimova ismli yölovçi
oğir tan jarohati olib, oylab azob tartişga majbur böldi.
Bundan taşqari,
tuman IIB huzuridagi avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan
foydalaniş qoida va meʼyorlariga amal qilişni nazorat etiş bölinmasi tomonidan
taqdim qilingan maʼlumotlarga qaraganda tuman IIB yöl harakati xavfsizligi bölinmasi tomonidan
2012-yil davomida ötkazilgan tadbirlar davomida 6 nafar haydovçi "töy sayri”
marosimiga fuqarolar yiğinlari rahbarining ruxsatnomalarisiz çiqişgan. Bu ham
yetmaganday, harakat xavfsizligiga tahdid solib, guruh bölib harakatlanganlar.
2012-yilning dekabr oyida esa spirtli içimlik içib "töy sayri”dan qaytayotgan
yoşgina bir yigit avtohalokatga uçrab, hayotdan bamavrid köz yumgan. Vaholanki,
2010-yil 6-yanvar sanasida qabul qilingan tuman hokimining "Tumanda aholi
tinçligini saqlaş, töy, maʼraka, oilaviy tadbirlar va boşqa marosimlarni
ötkazişni tartibga soliş töğrisida”gi farmoyişining bir bandida töyda va töydan
oldin içkilikbozlikka barham beriş, yana bir bandida esa kelinning kuyovnikiga keliş vaqti belgilangan, töy sayrida
iştirok etadigan maşinalar soni ikkitadan oşmasligi va haydovçilar fuqarolar
yiğini rahbariyatining maxsus ruxsatnomasi asosida harakatlanişga haqli ekanligi
qayd etilgan.
Belgilab qöyilgan
mezonlar buzilgani, yiğin oqsoqollari masʼuliyatni unutganlari bois, yuqoridagi
kabi salbiy holatlar tez-tez sodir etilmoqda.
Yuraklarni larzaga
soladigan eng xunuk hodisa Dörman ovulida sodir etildi. Yaʼni, bir yaxşi inson
elga dasturxon yozdi, oçilib-soçilib, töy berdi. Ammo bir nokasning badbinligi
bois, töy azaga aylandi. 2012-yilning 27-oktyabr kuni töyga kelgan
xeş-aqrabolardan biri – qöşni viloyatdan kelgan mehmon, öz izzatini bilmagan
Öktam Örozmetov ismli şaxs mast holda şovqin kötarib, barçaning asabini buzdi.
Töyda "kelin keldi” davrasini boşqarib
turgan salomçi yigit Ilhom Qurbonovning boşiga temir xaskaş bilan urib oğir tan
jarohati yetkazdi. Oqibatda Ilhom Qurbonov huşiga kelmasdan kasalxonada vafot
etdi, töy fojiali yakun topdi.
2013-yilning 26
fevral kuni esa Manğit-Qipçoq yölining "Çoyköl” ovuli hududida şaxsan özimiz guvoh bölgan "gulyanka” (töy sayri)
marosimida sodir bölgan avtohalokat ham
gulday bir yigitning yoş umriga zomin böldi, bir neça kişi oğir tan jarohati
olib şifoxonaga yotqizildi.
Afsus va
nadomatlar bilan qayd etamizki, Qiliçboy va Qipçoq ovullari markazi, "Qangli” ovuli hamda
Manğit şahrining ayrim mahallalarida ötkazilayotgan töy-marosimlarda tartibsizliklar,
spirtli içimlik içib, mast-alast şovqin kötariş holatlari tez-tez sodir bölayotgani
ğoyat taşvişli holdir.
Şu yerda haqli bir
savol tuğiladi:
Töy-marosimlar va
boşqa oilaviy tadbirlarni meʼyorida, isrofgarçiliksiz, şovqin-suronsiz, ortiqça
dabdababozliklarsiz ötkaziş borasida özini-özi boşqariş organlari rahbarlariga
qaçongaça yuqoridagi kabi yöl-yöriq va körsatmalar berilişi kerak? Axir xalq
orasida, mahallada aynan şu rahbarlarning özlari ham yaşaşadi-ku! Özlari
rahbarlik qilayotgan fuqarolar yiğinlari hududlarida soğlom turmuş tarzini qaror
toptiriş, xalq orasida milliy urf-odat va udumlarning zamonaga mos, har qanday
dilxiraliklardan xoli, ixçam tarzda ötkazilişiga nega fuqarolar yiğinlari oqsoqollari
boş-qoş bölişmayotir?
Bunday savollarni
qöyişga ham yetarliça asoslarimiz bor. Töy-marosimlarni tartibli ötkaziş bilan
boğliq Prezident Farmoni, Özbekiston Musulmonlari idorasining Fatvosi
hamda tuman hokimining qaror va farmoyişlariga
yana bir bor eʼtiboringizni jalb etamiz. Sababi, uşbu hujjatlarning barçasi
mohiyatan bir ezgu maqsadni ifoda etadi. Yaʼni, aholi tinçligini saqlaş, farovonligini
taʼminlaş, bir-birovga hurmat va mehr-oqibat tamoyillariga amal qiliş. Lekin ming afsuski, tumanimizda kamdan-kam fuqarolar
yiğinlari oqsoqollarigina bu tamoyilga amal qilmoqdalar, xolos. Xususan,
Jumurtov şaharça fuqarolar yiğini, "Arna böyi”, "Xizr eli”, "Ayoqçi”, "Böz suv”,
"Daryo böyi”, "Nazarxon” Manğit şahrining "Oybek”, "Çordara”, "Olmazor”
mahallalarida oqsoqollar, profilaktika nozirlari, posbonlar, maslahatçilarning
keng jamoatçilik bilan hamkorliklari bois, töy va marosimlarning meʼyorida, tartibli
ötkazilişiga erişilmoqda. Lekin tumanimizda biz nomlarini tilga olmagan
önlab mahallalarda, nazarimizda oqsoqollar
yuqoridan yangi bir körsatma bölişini kutib ötirişganga öxşaydi. Köpçilik yiğin
raislari öz vakolatlaridan kelib çiqib işlaşning uddasidan çiqa olmay, öta
jurʼatsiz, mustaqil fikrga ega bölmagan oqsoqol ekanliklarini namoyiş
etmoqdalar.
Biz yuqorida
töylarimizdagi sanʼatkorlar va "gulyanka”lar bilan boğliq tartibsizliklar haqida
töxtaldik. Lekin kelinpoşşalarimiz "nikoh libosi” deb kiyib çiqadigan
liboslarga ham bir nazar taşlamay öta olmadik. Çunki töy egasini qiynab
qöyadigan muammoning eng asosiysi mana şu nikoh köylagi bilan boğliq.
- Yaqinda tumanimizdagi
öziga töq bir xonadonda qiz yiğinda böldik, - deydi nafaqadagi muallima Gulsara
opa Kamolova, - ertaga kuyovnikiga uzatilib ketadigan qizning qiz yiğini nomdor
bir töyxonada ötdi. Xotin-xalaj,
bola-baqra, yoşi katta erkaklar bilan yoş-yalanglar aralaş-quralaş, şovqindan boş
aylanadigan darajadagi "qiz yiğin”! Kelin bölmişning egnidagi libosdan töğrisi, biz uyaldik. Töyidan bir kun oldin
ota-onasi, aka-uka, opa-singillari oldida yarim-yalanğoç kiyinib olgan qizning
esa parvoyi palak. Egniga etagi tandirday, orqasi beligaça, hatto
kökraklarining yarmi oçiq oq libos kiyib, örtadan çiqmay raqsga tuşişi, bu öyin
davrasida 60 yoşdan ötgan ota-onasi, ota-onasining döstlari, hatto raqqosaning
ustidan pul soçib öyinga tuşayotgan 80 yoşni qoralab qolgan momo va buvalarining
hatti-harakatlaridan çarçab, töyxonani tark etdik. Bilsak, şu kuni kelin bölmiş
qizginaning egnidagi libosni bir million sömga, ijaraga olişgan ekan. Bir
millionga, faqat ikki soatga-ya! Yana ijaraga, öziniki emas! Boz ustiga libosda
na milliylik bor, na nafosat. Açinarli tomoni şundaki, köylakning fasoni, dizayni özbekçiligimizga ham, şariatimizga
ham aslo munosib emas...
Opaning
kuyunçaklik bilan aytgan bu gaplarida jon bor. Agar masalaning moddiy tomoniga
eʼtibor beradigan bölsak, 1000 000 söm pul bir boyvaçça uçun çöt emas. Lekin örtamiyona
oila-çi? Bunday oila uzatilayotgan qizga şunça pulga ijaraga nikoh köylagi olib
bera oladimi? Albatta, yöq. Şuni eʼtiborga olgan holda qabul qilingan tuman hokimining qaror va
farmoyişlarida kelin qizlarimizning ijaraga nikoh köylagi kiyişlariga tamoman
barham beriş zarurligi qayd etilganini barçamiz yaxşi bilamiz. Aynan ana şunday
ijaraga köylak olib kiyiş oqibatida, ijara puli mojarosi bois quda-qudağaylar örtasiga nizo va janjallar,
arazlar aralaşganini ham yaxşi bilamiz. Lekin şunday bölsa-da hamon falon ming
sömga ijaraga nikoh libosi kiyiş holatiga barham berilayotgani yöq. Vaholanki,
bir neça kişi tomonidan kiyilgan nikoh libosining soğlik va gigiyenaga zid
ekanligi tibbiyot nuqtai nazaridan allaqaçon öz isbotini topgan. Qolaversa, tuman gazetasi orqali
qayta-qayta kiyilgan nikoh libosi orqali kasallik yuqtirgan kelinlar haqida
muntazam ravişda maqolalar, xalqning asosli eʼtirozlari yoritilib borilmoqda.
Bularning barçasi tuman xotin-qizlar qömitasi bilan hamkorlikda iş olib boruvçi
mutasaddi taşkilotlar rahbarlari, ayniqsa yoşlar taşkilotlari, mahalla oqsoqollari,
imomlarining zarur xulosa çiqarişlari uçun yetarli asos böla olmaydimi? Albatta
,böla oladi!
Faqat buning uçun
masʼullarimizning bir ozgina vaziyatdan çiqib işlaşlari, dadil va jurʼatli
bölişlari kifoya. Bizning maqsadimiz esa
hamişa xolis. Töy egasi töyini emin-erkin, özi xohlagan kunda ötkazsa,
sanʼatkorlar esa özlarini bozorga solavermay, kamtarroq bölişsa, deymiz-da. Şunçalik
manmanlik köçasida yurişsalar-da Davlat soliq idorasi tomonidan jilovlari tortib
qöyilmayotgan sanʼatkorlar ham meʼyorni unutmasalar. "Töy sayri” degan turgan-bitgani
moddiy va maʼnaviy zarardan iborat marosimni köçalar böylab safga tizilib
yuruvçi tartibsiz maşinalar kolonnasidan
haqiqiy özbekona töy sayriga aylantiriş haqida bir öylab köriş kerak emasmikan?
Yoşlarimiz töy sayrida bitta yo ikkita
maşinada bahavo bir joyga borib döstlari bilan xursandçilik qilişsa, öynab-kulişsa,
yuqoridagi kabi köngilsiz holatlar umuman yuz bermasmidi? Eng muhimi, ana şu
nomaʼqul marosim uçun ketadigan mablağ tejalardi, töy egasi bir muammodan xalos
bölib, köngillar xotirjam bölardi.
Nikoh liboslari
bilan boğliq muammo bizningça, eng jiddiy muammodir. Bu haqda nafaqat töy
sohiblari, balki şu hududga masʼul şifokorlar, profilaktika noziri, mahalla
oqsoqoli, imom va maslahatçi, hatto el katxudolari, kayvoni onalarimiz ham
yaxşilab öylab, xulosa çiqarişlari joizga öxşaydi. Çunki libos – odamning
maʼnaviy qiyofasini belgilaydi. Ayniqsa, nikoh libosi. Juda qadim-qadimdan uning
toza va ohorliligi, milliyligi muhim hisoblangan. Şuni eʼtiborga olgan holda
tikuvçi-dizaynerlarimiz milliy mentalitetimizga mos va munosib nikoh
liboslarini yaratsalar, bu borada tuman xotin-qizlar qömitasi boşçiligida nikoh
liboslari dizayni yönalişida tanlovlar uyuştirilsa maqsadga muvofiq bölardi.
Tumanimizdagi nikoh liboslarini ijaraga beriş bilan şuğullanadigan
tadbirkorlarning işini tartibga soliş, ularning işida yangiliklar yaratiş payti
yetdi, deb öylaymiz.
Töylardan oldin
bölib ötadigan siynoq, kengaş kabi marosimlarni oilaviy tadbirga aylantiriş
joiz. 50-60 nafar, balki undan-da ortiq kişini yiğib, spirtli içimlik içib, töy
maslahatini qiliş şartmi? Axir töyga kimga va qança odamga aytilişini töy egasining
özi yaxşi bilmaydimi? Butun mahallani yiğib, içkilikni örtaga qöyib maslahat oşi
berib, ortiqça xarajat qilişning nima keragi bor?
Şu örinda
hurmatli Prezidentimizning: "...Qayerda huşyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok
va tafakkur hukmron bölsa, öşa yerda maʼnaviyat yengilmas kuçga aylanadi”, - degan
hikmat va qudratga töla sözlarini keltirmay öta olmaymiz. Axir töy – insoniyat
bilan birga tuğilib, million yillar davomida sayqallanib, şakllangan maʼnaviy
yodgorligimiz. Bu tabarruk maʼnaviy qadriyatimiz bilan boğliq udumlar va tutumlarni
özimizga mos,oilamiz iqtisodiga munosib tarzda ötkazsak, avvalo könglimiz obod
bölmaydimi? Axir köngildagi obodlik – oila, mahalla, ona Vatan obodligiga
timsol emasmi, azizlar. Qolaversa, har jihatdan yaqqol namoyon bölğusi obodlikda
yuksak maʼnaviyat aks etib turmaydimi?
Qurʼoni Karimning
"Isro” surasida Alloh taolo marhamat qilib şunday deganlar: "... isrof qiluvçilar şaytonning birodarlari”dir , yana,
Hadisi-şariflarda ham isrofgarçilikdan qaytarilib, tejamkorlikka tarğib va
taşviq etiladi. Jumladan:
"Allohning
noz-neʼmatlaridan xohlagança yeb-içinglar, xayr-ehson qilinglar, kiyinib-yasaninglar,
lekin isrofgarçilik va manmanlikka yöl qöymangizlar”.
Yana bir boşqa
Hadisi-şarifda: "Boylikda ham, faqirlikda ham, ibodatda ham möʼtadillik
yaxşidir”, - deyilsa, tejamkorlik xususidagi hadisda: "Tejamkor kişi heç qaçon
qaşşoqlik körmaydi”, - deb taʼkidlanadi.
Demak, Allohning
amri, rizosi bilan nikohlari tuşib, töy bölayotgan xonadondagi tartibsizlik,
isrofgarçilik va manmanlik holatlari muqaddas dinimizga ham yot illatlardandir.
Şunday ekan, meʼyorni unutmaylik. Meʼyor bor joyda tartib böladi. Tartib esa
osoyiştalik mezonidir. Hayotimizda osoyiştalik hokim ekan, oilalarimizda
farovonlik, obodlik barq urib turaveradi. Bizning maqsadimiz ana şudir,
azizlar.
Robiya YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
www.amunews.uz veb-saytimuxbirlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶