“ONA TILIM - IFTIXORIM” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI
21-oktyabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan fan oyligi doirasida 38-sonli maktabda “Ona tilim - iftixorim” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda maktabning 5-,6-,7-,8-,9-,10-sinflar oʻquvchilari ishtirok etdilar. Ular oʻzlari sevgan shoirlarning sheʼrlaridan, ifodali aytib berdilar va til haqida qoʻshiqlar kuyladilar.

Tadbirning yanada zavqli oʻtishida musiqa fani oʻqituvchisi Ozoda Ahmedova oʻquvchilar bilan alohida shugʻullandi. Shuningdek, 9-, 10-, 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida insholar tanlovi, 7-8-sinf oʻrtasida bayon, 5-6-sinflar oʻrtasida chiroyli husnixatli diktant tanlovi ham oʻtkazilmoqda. Maktabda fan oyligi qiziqarli tadbirlar bilan davom etmoqda. fan oyligida faol ishtirok etgan oʻquvchilar fan oyligi yakunida maktab maʼmuriyati tomonidan taqdirlanadilar.
Ona tili va adabiyot fan oyligini adabiy-badiiy hamda uslubiy jihatdan namunali oʻtkazishda ona tili va adabiyot fan oʻqituvchilari Nazira Usmonova, Zoya Bobojonova, Zubayda Karimova va Shahlo Tojiboyevalar oʻzaro tajribalarini uygʻunlashtirgan holda biri-biridan qiziqarli tadbirlar tashkil etishmoqda.
Dilbar NIYoZIMBETOVA, 38-sonli maktabning
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶