Yutuqlarim menga kuch-gʻayrat bagʻishlaydi
Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohot va oʻzgarishlar zamirida jismonan va maʼnan sogʻlom, aqlan yetuk avlodni tarbiyalash hamda ularning taʼlim olishi, zamonaviy bilimlarni egillashiga erishishdek ezgu maqsad mujassam. Bu bizning zimmamizga katta maʼsuliyat yuklaydi. Men oʻz faoliyatim davomida yaxshi natijalarga erishib keldim. Keyingi 3-yil davomida oʻquvchim Nurbek Safarboyev informatika fanidan 2017-2018 va 2018-2019 oʻquv yillarida bir qancha yutuqlarga erishdi. Informatika fanidan 2017-yili Respublika miqiyosida boʻlib oʻtgan fan olimpiyadasida qatnashib, faxrli oʻrinni egalladi Innovatsion olimpiyadada “Iqtidorli oʻquvchilar” koʻrik tanloviga qatnashdi. 2018-yil ham Respublika miqyosida boʻlib oʻtgan fan olimpiyadasiga qatnashib, faxrli oʻrinni egalladi. Bu yil may oyida boʻlib oʻtgan xalqaro olimpiyada hamda fanlar olimpiadasining Oʻzbekiston Respublika miqiyosida boʻlib oʻtgan bosqichda qatnashib, iqtidorini namoyish etdi. Bugungi kunda u Qoraqalpoq Davlat Universitet talabasi. Bundan tashqari bir nechta oʻquvchilarim tuman bosqichida yaxshi natija koʻrsatayapdi.
Men maktabimizda 5ta tashabbus boʻyicha “Yoshlar oʻrtasida kompyuter savodxonligini oshirish boʻyicha “Yosh dasturchilar” toʻgaragini hamda “Qizlarjon” toʻgaragida ish yuritib kelmoqdaman. Sentabr oyida maktabimizda “Buvijonim kiygan liboslar” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. 1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kunida kamtarona mehnatim uchun Qoraqalpogʻiston “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandim. Men bundan xursandman va bu ishonchga munosib mehnat qilishga harakat qilaman erishayotgan yutuqlarim menga yana kuch bagʻishladi.
Zivar XUDOYBERGENOVA,
71-sonli maktabning informatika fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶